Kontent qismiga oʻtish

Sarkosporidiyalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Go'sht Sporalilardan yoʻnaltirildi)

Sarkosporidiyalar, goʻsht sporalilar (Sarcocystis) — bir hujayralilarga mansub hayvonlar tipi (baʼzi maʼlumotlarga Karaganda sinf). Uzunligi bir necha mkm dan 20 mm gacha. Hujayra ichida parazit. Hayvonlar, baʼzan odamlarda ogʻir sarkosporidioz kasalligini paydo qiladi. 90 ga yaqin turi bor. Oraliq xoʻjayini (oʻtxoʻr hayvonlar) sporotsistalarini oziq bilan yeb zararlanadi. Ootsistalari ichida 4 ta sporozoitli 2 ta sporotsistasi boʻladi. Sporozoitlari oʻsib oʻtxoʻr hayvonlar organizmida shizontlarga aylanadi. Shizontlar koʻp marta boʻlinib, merozoitlarni hosil qiladi. Merozoitlar muskullarga oʻtib, sistalarga aylanadi. Asosiy xoʻjayinlar (yirtqich sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar) sistali goʻshtni yeb zararlanadi. Sistalar asosiy xoʻjayin ichagi hujayralarida oʻsib, gamontlarni hosil qiladi. Gamontlar rivojlanib, ootsistalarga aylanadi; ular ichida esa 4 ta sporozoitli sporotsistalar rivojlanadi. Tashqi muhitga, asosan, sporotsistalar (oʻlchami 8—16*9— 11 mkm) chiqariladi. SARKOFAG (yun. — goʻshtni yutuvchi), sarqofa — tobut turlaridan biri. Asosan, tosh, marmar, yogʻochdan toʻgʻri toʻrtburchak, baʼzan qayiqsimon qopqoqli qilib yasalgan.

S.ga jasad qoʻyish Qad. Misrda firʼavnlar sulolasi davri (mil. av. 3ming yillik)da keng rasm boʻlib, Suriya, Finikiya orqali Sharqqa, shuningdek, Gretsiya va Rimga tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Oltoydagi qad. skif qoʻrgʻonlarini ochish jarayonida yogʻoch gʻoʻladan oʻyib ishlangan S.lar topilgan. S.ga koʻpincha jasad moʻmiyolab qoʻyilgan. Amir Temur jasadi ham S.ga solingan (bu S Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyida saqlanmoqda). S.lar oʻzining badiiy bezak va suratlari, shuningdek, har xil qad. yozuvlari bilan sanʼat hamda epigrafika yodgorligi sanaladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil