Kontent qismiga oʻtish

Goʻsht uchun boqiladigan qoramol zotlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goʻsht uchun boqiladigan koramol zotlari — yaylovda tez va yaxshi semiradigan mollar. Bularga qalmoqi (astraxon), qozoqi oq bosh, gereford, shortgorn, aberdin angus, santagertruda kabi zotlar kiradi. Sigirlarining vazni 500—550 kg, buqalariniki 850—900 kg. Sogʻin davrida oʻrtacha 700—800 kg, ayrim hollardagina 2000—2500 kg sut beradi. Semirtirilgan 1,5—2 yashar mollarining vazni 400—560 kg, 8 oylik buzoqlarining vazni 180—210 kg. Ular tez yetiladi. 2— 3 yashari semirtirilganda 60—65% goʻsht-yogʻ qiladi, terisidan sifatli charm tayyorlanadi. MDH mamlakatlarida umumiy goʻsht mahsulotlari hajmining 43% dan koʻprogʻi qoramol goʻshtiga tugʻri keladi. AQSH, Kanada, Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiyada goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik rivojlangan. Oʻzbekistonda jaydari mollar bilan chatishtirilib, goʻshtdor qoramol podalari yaratilmoqda. Sersut zotlar qoramollarning asosiy qismini tashkil qiladi. O'zbekistonda sersut sigirlardan Qora-ola Xolmogor va Yaraslavl zotlari, Qizil dasht, Bushuyev va boshqa zotlar boqiladi. Sersut sigirlar yiliga 4000 l, ayrim govmishlar 6000 l va undan ham koʻproq sut beradi. Sersut-go'shtdor zotlar koʻp sut berishi bilan birga go'shti ham koʻp va sifatli bo'ladi. Shvetsariyaning Simmental,Shvits va Rossiyaning Kostroma zotlari sersut-go'shtdor zotlar hisoblanadi. Simmental zoti yiliga 4000 l gacha sut beradi. Go'shtdor zotlar, asosan, sifatli go'sht yetishtirish uchun koʻpaytiriladi. Ular vazni va tez yetilishi bilan sersut zotlardan ustun turadi. Go'shtdor Shortgorn zotli sigirlarning o'rtacha vazni 650 kg, buqalarniki 1000 kg dan ortiq bo'ladi. Yosh buqalarning vazni bir kecha-kunduzda 1 kg ga ortadi. O'zbekistonda Qozog'iston oqboshi, Santa-Gertruda, Gereford va Shortgorn zotlari boqiladi. (qarang Qoramolchilik).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil