Filipp Grishchenko
Qiyofa
(Grishchenko Filipp Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Filipp Ivanovich Grishchenko (1915.11.1, Pavlovka qishlogʻi, Rossiya Federatsiyasi — 1985.11.1, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Ijodini yogʻoch portretlar yaratish bilan boshlagan ("A. Pushkin", "Mirzo Ulugʻbek", 40-yillar), yoshlar hayoti aks ettirilgan kompozitsiyalar ishlagan ("Hunar bilim yurtining talabasi", yogʻoch, 1950 va boshqalar). Portretlar, maishiy holatlar, mahobatli bezak haykallar va boshqalar yaratgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |