Nikolay Gumilyov
Nikolay Stepanovich Gumilyov [1886.3(15).4, Kronshtad, – 1921.24.8, Petrograd] – rus shoiri. Anna Axmatovaning umr yoʻldoshi. 20-asrning 10-yillaridagi akmeizmning (yun. akte soʻzidan – biror narsaning oliy darajasi) yirik vakillaridan. Asosiy asarlari: „Istilochilar yoʻli“ (1905), „Romantik gullar“ (1908), „Marvarid“ (1910), „Begona osmon“ (1912), „Oʻqdon“ (1916), „Gulxan“ (1918), „Chodir“ (1921), „Olovli ustun“ (1921) sheʼriy toʻplamlari, „Palma soyasi“ (1922) hikoyalar toʻplami, „Rus sheʼriyati haqida maktublar“ (1923) tanqidiy maqolalar toʻplami. Volter, T. Gotye, S. Kolrij, G. Geyne va boshqalar adiblarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Petrogradda „Vsemirnaya literatura“ („Jahon adabiyoti“) nashriyotining ishida qatnashgan. Ritmlarning ravonligi, yorqinligi, ohangining magʻrur va koʻtarinkiligi Gumilyov sheʼriyatining oʻziga xos tomonidir. Gumilyov 1917-yil oktabrdagi davlat toʻntarishini qabul qilmadi va aksilinqilobiy fitna ishtirokchisi sifatida qatl etildi. 1991-yil Gumilyov ishi tarkibida jinoyat yoʻqligi sababli toʻxtatilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |