Kontent qismiga oʻtish

Gʻubdintogʻ

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Habduntog`dan yoʻnaltirildi)
Gʻubdintogʻ togʻlari, Ingichkasoy vodiysi
Gʻubdintogʻ (sharqiy chetida)

Gʻubdintogʻ, Habduntogʻ - janubiy Nurota togʻlaridagi (Samarqand viloyati) tizma. Shimolida Qoʻytosh botigʻi orqali Nurota tizmasidan ajralib turadi, janubida Zarafshon vodiysi bilan chegaralangan. Gʻarbdan sharqqa 30 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 700–1000 m. Eng baland joyi 1672 m. Yon bagʻirlari soy, quruq oʻzan va jarliklar bilan kesilgan. Gʻubdintogʻ paleo-zoy davri slanets, qumtosh, ohaktoshlaridan tashkil topgan antiklinal strukturadir. Iqlimi kontinental, quruq, qishi nisbatan sovuq, yozi issiq. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2°, iyulniki 20—25°. Gʻubdintogʻning yon bagʻirlarida tipik va toʻq boʻz, suvayirgʻich qismida chymli, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Dashtga xos turli oʻt oʻsimliklari va soylar boʻyida butalar oʻsadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarining quyi qismlari bahorikor dehqonchilikda va yaylov sifatida foydalaniladi. Gʻubdintogʻning sharqiy qismida Marjonbuloq oltin koni bor.