Habib Tursunov
Habib Tursunovich Tursunov (1913.9.5 Toshkent 1987.13.5) - tarixchi olim.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tarix fanlari doktori (1963), professor (1964). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1930). Maorif va partiya ishlarida ishlagan (1930 — 42). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942 — 45). Oʻzbekiston maorif vaziri oʻrinbosari (1946 — 47); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1952 — 55), katta ilmiy xodim (1955 — 56); Toshkent elektrotexnika aloqa institutida kaf. mudiri (1956 — 66). Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish institutida kaf. mudiri (1967 — 69), shu institut direktori (1969 — 76). Toshkent pedagogika instituti rektori (1976 — 79). Partiya tarixi instituti direktori (1979-yildan). Asarlari davlat tuzilishi masalalari va Oʻrta Osiyo xalqlarining milliy ozodlik harakatiga bagʻishlangan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vosstaniye 1916 goda v Sredney Azii i Kazaxstane, T., 1962.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |