Kontent qismiga oʻtish

Bahrom Hamdamiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hamdamiy Bahromdan yoʻnaltirildi)

Hamdamiy Bahrom (1910, Toshkent – 1942, frontda halok boʻlgan) – rassom, Oʻzbekiston rassomlari uyushmasining tashkilotchilaridan. Toshkent rassomlik texnikumida A.Volkovdan taʼlim olgan (1930– 36); Moskva, Leningradda ijodiy safarda boʻlib malakasini oshirgan. Hamdamiy asarlarida kunning dolzarb voqealarini, xalq hayotini tasvirladi: „Kolxozchilar“ (1933), „Kolxoz choyxonasida“ (1936) – Sharq muzeyida; „Avtoportret“ (1939, 1941); „Ish tugadi“ („Langar kanali quruvchilari“, 1939), „Bobom–shoir Muztarib portreti“ (1939) – Oʻzbekiston sanʼat muzeyida. Navoiy asarlari asosida „Farhod sahroda“ (1940), „Farhod Xusrav asiri“ (1941) kabi asarlar yuzaga keldi. „OʻzTAG oynasi“ gshakatlarini tayyorlashda qatnashgan (1941–42). R.Ahmedov, Z. Inogʻomov va boshqalarga dars bergan.

Ad..Taktash R. X., Baxram Xamdami, T., 1969.