Kontent qismiga oʻtish

Xammurapi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hammurappidan yoʻnaltirildi)

Xammurapi – Bobil podshosi (mil. av. 1792—1750). Uning davrida Bobil davlati ravnaq topgan. Amorey qabilasidan. Mohir siyosatchi va sarkarda boʻlgan. Xammurapi harbiy kuch va diplomatik yoʻl bilan oʻz podsholigining dastlabki 35 yilida Ossuriya, Mesopotamiyaning janubi va oʻrta qismini Bobilga tobe ettirgan. Xammurapi davrida tovar-pul munosabatlari rivojlangan, xususiy quldorlar xoʻjaligi kuchaygan, davlatning markazlashuvi va podsho hokimiyatining mustahkamlanishi jarayoni oʻsgan; Xammurappi qonunlari quldorlik tuzumi huquqining xarakterli belgilarini uzida aks ettirgan Qadimiy Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanaladi. Xammurapi qonunlari 282 moddadan iborat boʻlib, huquqning ayrim sohalariga tegishli sud protsessi, mulk huquqi, mulkning turli koʻrinishlari, yerga egalik, nikohoila, meros huquqi va boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi. Xususiy mulkchilikni, ayniqsa, quldorlikni qattiq himoya qilgan. Masalan, unda qulni oʻgʻirlaganlik, qochgan qulni yashirganlik uchun oʻlim jazosi belgilangan.