Kontent qismiga oʻtish

Shahob Hamrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hamrayev Shahob Shamsiyevichdan yoʻnaltirildi)

Shahob Shamsiyevich Hamrayev (1935. 10.5, Shofirkon tumani) — ortopedtravmatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1999), tibbiyot fanlari doktori (1974), professor (1976). Toshkent tibbiyot akademiyasining pediatriya fakultetini tugatgach (1958), Buxoro viloyati Jondor tumani markaziy shifoxonasi xirurgi, boʻlim mudiri (1958—59). Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot in-stitutida klinik ordinator (1959— 61). Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida aspirant (1961 — 64), assistent (1964—74). Shu institut xirurgiya fakulteti dekani va ayni chogʻda shu institut travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri (1974—85). Toshkent tibbiyot akademiyasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1985 — 87). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1987— 90), respublika bosh ortoped-trav-matologi (1975-87). 1990-yildan Respublika ixtisoslashtirilgan boʻgʻin va panjalar jarrohligi markazi direktori. Ilmiy faoliyati qoʻl bar-mogʻi jarohati va kasalliklari, surunkali osteomiyelit, sunʼiy boʻgʻimlar oʻrnatish (endoprotezlash), revmatoid artritlarni ortoped-xirurgik usulda davolash, shuningdek, suyak, togʻay va muskullarning plastik operatsiyasiga va boshqa masalalarga oid.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Provodnikovoye obezbolivaniye nervnn stvolov i spleteniy pri operatsii na konechnostyax, T., 1990; Kaft va barmoqlarning jarohatdan keyingi kontrakturalarini apparat-jarroxlik usulida davolash, T., 1996; Komp-leksnoye lecheniye ishemicheskoy kontrakturm paltsev i kistey, T., 2004.