Kontent qismiga oʻtish

Nuriddin Hamroqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hamroqulov Nuriddindan yoʻnaltirildi)
Nuriddin Hamroqulov
Tavalludi 18-iyun 1946-yil
Andijon, Oʻzbekiston
Vafoti 1-avgust 2023-yil(2023-08-01)
(77 yoshda)
Kasbi Qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor
Faoliyat yillari 1967-2023
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Nuriddin Hamroqulov (1946-yil 18-iyun, Andijon2023-yil 1-avgust) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi.

Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida taʼlim olgan (1971—1973). Ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlab (1967 — 1973), Haydar („Nurxon“), Ravshan („Ravshan va Zulxumor“) kabi obrazlarni yaratgan. Anʼanaviy va zamonaviy xonandalik yoʻllarini Oʻ.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan oʻrgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—1993). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-gʻullangan. Repertuaridagi mumtoz („Samarqand Ushshogʻi“, „Toshkent Irogʻi“), zamonaviy bastakorlar ashulalari („Talqinroz“, „Oq qush“, R.Yusupov va boshqalar) hamda oʻzi bastalagan („Olamni saqlang“, „Raʼno“, „Soy koʻrdim“, „Shirinliging“, „Kuldi bahorim“ kabi) qoʻshiqlari taʼsirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan[1][2].

Xonanda 2023-yilning 1-avgust sanasida vafot etdi[3][4].