Kontent qismiga oʻtish

Hanbaliylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hanbaliy mazhabidan yoʻnaltirildi)

Hanbaliylik — sunniylikaash diniy-huquq mazhablaridan biri. Ibn Hanbal asos solgan. Hanbal tizimi oʻta torligi, har qanday koʻrinishdagi "yangilik"ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qatiy turishligi bilan ajralib turadi. Hanbal tarafdorlari Qurʼon va hadislarni erkin talqin| etish yoʻlidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham (eu mazhab keng tarqalmagan. Faqat IX-asrning 2-yarmida arab xalifaligida muʼtaziliylarning va ilohiyot yoqasidagi hurfikrlilikning taʼqib ostiga olinishi tufayli Hanbaliylik taʼsiri birmuncha kengaygan va XI-asrda mustaqil mazhabga aylangan. X-asrda Eronda, XI-asrdan XV-asrgacha Suriya va Falastinda Hanbaliylik izdoshlari koʻp boʻlgan. Undan keyingi asrlarda Hanbaliylik tarafdorlari yana kamayib ketgan. Hozirda Hanbaliylik Saudiya Arabistonda rasman eʼtirof etilgan, boshqa mamlakatlarda kam uchraydi.