Kontent qismiga oʻtish

Hasan Poʻlat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hasan Po‘latdan yoʻnaltirildi)

Hasan Poʻlat (Poʻlatov Hasan; 1911, Samara viloyati Barish tumani — 1942.7.9, Toshkent) — shoir. Dastlab Toshkent va Qoʻqondagi maktablarda oʻqigan. Namangandagi bolalar uyida tarbiyalangan va u maktab tahsilini Namanganda davom ettirgan. Botu 1929-yilda bolalar uy-ida tarbiyalanayotgan H.P.ning mashq sheʼrlari bilan tanishib, uning 1930-yilda Samarqanddagi pedagogika institutiga kirib oʻqishiga va dastlabki sheʼrlarining oʻzi muharrirlik qilgan "Alanga" jur.da eʼlon etili-shiga koʻmaklashgan. H.P.ning "Kunlar kulganda" (1931), "Zarbachi kun" (1932), "Toza nafas" (1933) sheʼriy toʻplamlari talabalik yillarida nashr etilgan. H.P., shuningdek, "Postda" (1934), "Yurak sadosi" (1942) sheʼriy toʻplamlari, "Pol-von" (1934), "Qobil", "Dongdor paxtakor" (1936), "Mehribonlar" (1939) dostonlari muallifi. H.P. sheʼriy isteʼdodi endigina barq ura boshlagan vaqtda fojiali ravishda halok boʻlgan. Vafotidan keyin "Tanlangan sheʼrlar" (1950) va "Tanlangan asarlar"i (1956) Oybekning soʻzboshisi bilan nashr etilgan.