Hind platformasi
Qiyofa
(Hindiston platformasidan yoʻnaltirildi)
Hind platformasi, Hindiston platformasi — Hindiston yarim orol, Hind, Gang va Brahmaputra daryolari havzasi va Shri Lanka o.ni qam-rab olgan tokembriy davriga mansub platforma. Choʻkindi qoplamlarida trapp yotqiziqlari mavjud. Plats))orma poydevorida koʻp konlar — temir rudalari (Bihar, Orissa, Maysur va boshqalar), xromit, marganets va mis rudalari (Singxbxum), oltin (Kolar koii), yuqori sifatli slyudalar, kamyob va qimmatbaho toshlar; Vindiya seriyasi konglomeratlarida olmos mavjud. Gon-dvana seriyasi bilan yirik toshkoʻmir konlari; kaynozoy davri nurash poʻsti bilan koʻp sonli boksit konlari bogʻliq. Ulardan tashqari neft va gaz konlari ham bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |