Kontent qismiga oʻtish

Astraxan

Koordinatalari: 46°21′0″N 48°2′6″E / 46.35000°N 48.03500°E / 46.35000; 48.03500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hoji Tarxondan yoʻnaltirildi)
Astraxan

ruscha: Астрахань, tatarcha: Әстерхан
Astraxan
Bayroq
Astraxan
Gerb
46°21′0″N 48°2′6″E / 46.35000°N 48.03500°E / 46.35000; 48.03500
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Astraxan viloyati
Hukumat
 • Hokim Oleg Polumordvinov
Asos solingan 1558
Ilk eslatilishi 1717
Maydon 208.7 km2 (80.6 kv mi)
Aholisi
 (2018)
533 925
Konfessiyaviy tarkib pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar
Telefon kodi +7 (8512)
Pochta indeks(lar)i 414000-414057
Astraxan xaritada
Astraxan
Astraxan

Astraxan (ruscha: Астрахань, tatarcha: Әстерхан) – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Astraxan viloyatining ma’muriy markazi. Volga daryosi deltasidagi yirik dengiz va daryo porti, temir yoʻl tuguni. Quyi Volga boʻyining muhim iqtisodiy markazi. Kaspiy dengizidan 100 km uzoqda. Aholisi 511,7 ming (1999). A. qadimgi shaharlardan biri. Shahar moʻgʻullar hukmronligi yillarida (13-asr) Itilning chap sohilida joylashgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) qishlogʻi oʻrnida qurilgan. 1459-yildan A. Astraxan xonligining poytaxti. 1556-yilda shaharni Astraxan xonligi bilan birga Rossiya bo-sib olgan. A. 17–18-asrlarda hukumatga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarning markazi boʻlgan. 1717-yildan gubernya shahri. 1943-yildan viloyat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziq-ovqat (jum-ladan, baliq ovlash), mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, kemasozlik). Yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz sanoati ham rivojlangan. A.da 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, 2 teatr, 6 muzey bor.

Astraxan shahri 11 ta orolda joylashgan. Quyi Volga bo'yidagi eng qadimiy shahar hisoblanadi[1].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil