Kontent qismiga oʻtish

Horis ibn Surayj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Horis Ibn Surayjdan yoʻnaltirildi)

Horis Ibn Surayj (? - 746.21.4) — arab sarkardasi, Movarounnahrda umaviylarga qarshi xalq harakati rah-bari. Xurosondagi xorijiylar rah-namosi. Movarounnahrni arablar tomonidan bosib olinishida faol qatnashgan. H. ibn S. umaviylarni tanqid qilib, Qurʼon oyatlariga rioya qilmayotganliklari va paygʻambar sun-nati boʻyicha ish tutmayotganliklari uchun ularni qoraladi. U zimmiylar bilan tuzilgan shartnomaga rioya qili-shi, musulmonlardan (shu jumladan, musulmonlikni qabul qilganlardan) xiroj olmaslikni vaʼda qildi. Horis Movarounnahrda joylashgan musulmon garnizonlarini oʻz tarafiga ogʻdi-rib, Toxaristonda (Balx viloyati) oʻrnashib olgan edi. Samarqand shohi Gʻurak, dehqonlar va Turk xoqoni Abu Muzahhim H. ibn S.ni Xurosonni egallash uchun yuborganlar. 734—735 yillarda u bu yerda qoʻzgʻolon koʻtargan, biroq Xuroson noibi Asad ibn Ab-dulloh tomonidan qoʻzgʻolon bostirilgan. Horis Samarqandga qaytib kelgan. 739 yil Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor boshliq umaviylar qoʻshini Samarqandga yurish qilgan, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nasr soliq tizimini oʻzgartirishga qaror qilgan. U yuqori tabaqa vakillarini oʻz tomoniga ogʻdirib olgan takdirda-gina qoʻzgʻolonni bostirish mumkin deb hisoblagan. Buning uchun u islomni qabul qilgan mahalliy aholini arablar bilan tenglashtirgan, ularni juzʼyadan ozod qilgan. Nasr 739 yil Samarqandga yurish boshlagan. H. ibn S. oʻz xorijiylari bilan shu yerda joylashgan edi. Nasr shahar aholisini suvdan mahrum qilib, uni taslim qilishga urindi, Samarqand zodagon dehqonlarining bir qismini oʻz tomoniga agʻdarib, ularni H. ibn S.ga shaharni boʻshatib chiqib ketishni taklif qilishga majbur qildi. H. ibn S. oʻz safdoshlari bilan Shoshga ketishga majbur boʻlgan. Nasr shaharni egallab Marvga qaytmoqchi edi, lekin Iroq noibi Yusuf ibn Umar undan H. ibn S.ga boshpana bergan Shoshga hujum qilishni talab qilgani uchun katta qoʻshin (20 ming) bilan Shoshga yurish qiladi. Turk xoqoni amakivachchasi Qursul H. ibn S. va Shosh hokimi Qodir ibn Badrni quvvatlab 15 ming kishilik yollanma qoʻshin bilan Sirdaryo boʻyida Nasrning yoʻlini toʻsadi va tunda musulmonlar qarorgohiga teztez hujum qilib turadi. Ana shunday hujumlardan birida Qursul asir olinib, oʻtda kuydiriladi. Shosh hokimi va H. ibn S. Shosh qalʼasiga qocha-dilar. Nasr avval Fargʻonaga, soʻng Shoshga hujum qiladi. Horisning oʻzi mansub boʻlgan tamim qabilasi Nasr tomonida turib urush qiladi, shu tufayli Horis tamimiylarga qarshi urushdan bosh tortadi. Shosh hokimi Nasrga sulh taklif etadi. Unga koʻra, H. ibn S. Shoshni tark etadi, Foryob qishlogʻiga joʻnaydi. Marvdagi jangda halok boʻlgan, xochga tortilgan.

Mahfuza Alimova.