Kontent qismiga oʻtish

Orifxon Hotamov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hotamov Orifxondan yoʻnaltirildi)

Orifxon Hotamov (1927.10.10, Jizzax — 2002.25.9, Toshkent) — xonanda, sozanda (tanbur, gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Milliy mumtoz musiqa (maqom, ashula, katta ashula, bastakorlik) sanʼatining yirik vakili. Toshkent musiqa bilim yurtini gʻijjak ixtisosligi boʻyicha tugatgan (1954). Hofizlik va tanbur chalish yoʻllarini ustozi J.Sultonovdan oʻzlashtirgan. Muqimiy teatri (1944), Oʻzbek davlat filarmoni-yasi (1945-50), Oʻzbek radiosining xalq cholgʻulari orkestri (1956—59), etnografik ansambli (1959-76), *Maqom" ansambli (1976-89)da sozanda, ayni paytda M.Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti (1989—99), Toshkent konservatoriyasi (1999-yildan)da pedagog. Repertuaridan katta ashula ("Ohkim", "Daydi Tanavor", "Boʻlmish" va boshqalar), mumtoz ashula ("Feruz", "Abdurahmonbegi", "Hanuz", "Qoʻshchinor", "Suvora" va boshqalar) va maqom yoʻllari ("Dugoh Husayn", "Bayot" kabi), XX asr bastakorlari ("Sodirxon Ushshogʻi", S.Bobosharipov; "Ul kun jonon", J.Sultonov; "Dogʻman", K.Otaniyozov va boshqalar) hamda oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi bastalagan ("Naylayin", "Qoshi yosinmu deyin", "Qora boʻlib-dur", Navoiy; "Sensan sevarim", Lutfiy; "Yor oʻtdimu", S.Zunnunova; "Holimni soʻrmaysan", Sadoiy; "Ohista-ohista", T.Toʻla; "Subhidam", P.Moʻmin; "Vatandir", "Paydo boʻlibdur", Chustiy va boshqalar) asarlari oʻrin olgan. Hotamov kuchli, koʻlami keng, shirador va dardli ovoz sohibi. H.ning oʻziga xos ijro va ijo-diy uslubi nozik did, teran maz-mundorligi bilan ajralibturadi. Koʻp yillar davomida Hakimjon Fayziyev, keyinchalik oʻgʻillari Axrorxon va Ismoilxonlar bilan hamnafaslik qilib, ovozlar ravonligi va mutanosibligi, tanbur-dutorning dil-kash Muloqotiga asoslangan joʻrovoz yoʻlida ijod qilgan. Ijrolari va bastakorlik asarlari Oʻzteleradio-kompaniyasi fonotekasiga, bir necha gramplastinka va kompakt diskga yozilgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997)[1].

  • Begmatov S, Orifxon Hotamov, T., 2000.
  1. Abdullayev, Rustam. "Hotamov Orifxon" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil