Kontent qismiga oʻtish

Husayn Boyqaro koʻchasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Husayn Boyqaro ko'chasidan yoʻnaltirildi)

Toshkent shahridagi markaziy koʻchalardan biri hisoblanadigan Husayn Boyqaro koʻchasi Bektemir tumanida joylashgan. Bu koʻcha Oxangaron va Bektemir kuchalari oraligʻida joylashgan.

Husayn Boyqaro koʻchasining uzunligi 5 km. 20-asrning 1-yarmida Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumaniga qarashli Bektemir Qoʻrgʻonining kengayishi va sanoat korxonalari qurilishi tufayi tashkil etilgan. Dastlab koʻcha Lixachyov nomi bilan yuritilgan. 1992-yil 6 apreldan Husayn Boyqaro (1438-1506) nomi bilan qayta nomlangan va bugungi kungacha shu nom bilan atalib kelinmoqda.

Koʻcha boʻylab tuman xokimligi va unga tegishli muassasalar, „Toshkentspirt“(hozirgi Bektemir-Spirt)[1], „Irgidromash“, „Shoshenergiya“ korxonalari hamda „Sergelibeton“ korxonasi filiali, „Suvchi“ bozori, „Quyoshcha“ bolalar maydonchasi, 158-dorixona, „Zafar“ stomatologiya poliklinikasi, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari va boshqa diqqatga sazovor maskanlari joylashgan.

Tutashgan ko'chalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Husayn Boyqaro koʻchasi tarkibida 3 ta tor kucha mavjud. Koʻchaning yoʻnalishini Bektemir kanali kesib oʻtgan. Husayn Boyqaro koʻchasi Roxat va Yuqori Chirchiq koʻchalari bilan tutashgan[2].

  1. https://bektemir-spirt.uz/ru/glavnaya/
  2. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.