Kontent qismiga oʻtish

Algoritm

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ián-sǹg-hoatdan yoʻnaltirildi)
Al-Xorazmiyning “Algebra” sarlavha sahifasi
Al-Xorazmiy Sovet tamg'asida

Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda sanoqning oʻnli tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani algoritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga IX asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida „algorizm“ deyilgan), keyinchalik „algoritm“ga aylangan". Fanda „Yevklid algoritmi“, „Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi“, „Laure algoritmi“, „Markov algoritmi“ deb ataluvchi algoritmlar maʼlum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo boʻldi. Oʻzbekistonda bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, Oʻzbekistondagi barcha universitetlarda, Toshkent davlat texnika universitetida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol boʻla oladi[1].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aniqlik (deterministik) — har bir vaqtda algoritmning keyingi qadami uning mazkur holati bilan toʻliq aniqlanadi.
  • Tushunarlilik — algoritm faqat uni bajaruvchisi uchun tushunarli buyruqlardan iborat boʻlishi shart.
  • Yakunlanishi — algoritm albatta chekli qadamdan soʻng yakunlashishi lozim.
  • Chiziqli algoritm — barcha koʻrsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlar.
  • Tarmoqlanuvchi algoritm — hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar boʻyicha davom ettiriladigan va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajariladigan jarayonlar.
  • Takrorlanuvchi algoritm — biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlar.
  • Aralash (kombinatsiyalashgan) algoritm — tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmdir.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.