Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim eshon Mamatqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(IBROHIM ESHON MAMATQULOVdan yoʻnaltirildi)
Ibrohim eshon Mamatqulov
Tavalludi 1937
Vafoti 2009
Fuqaroligi O'zbekiston,SSSR
Kasbi shayx Ulamo pir
Faoliyat yillari 1985-2009
Dini Islom,sunniylik,Naqshbandiy

IBROHIM ESHON MAMATQULOV (1937-2009). 1937 yil Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. Naqshbandiya-mujaddidiyahusayniya tariqati rahbari bo‘lgan. U1956 yili Buxoro shahridagi Mir-Arab madrasasiga o‘qishga kirgan va o‘sha yili Toshkentda ochilgan Baroqxon madrasasiga o‘qishni ko‘chirib o‘tkazgan. Ammo o‘qishni tugata olmagan. 1950-1970 yillarda Janubiy Qozog‘istonning Turkiston tumanida yashagan shayx Abdulvohid Sayramiyda tasavvuf bo‘yicha tahsil olgan.

Ibrohim eshon o‘zidagi silsilaga ko‘ra naqshbandiya tariqatining 32-piri hisoblangan. 1985 yil Oqqo‘rg‘onga ko‘chib kelgan va bir necha yil tariqatga rahbarlik qilgan. Ibrohim eshonning shogirdlari (muridlari) Farg‘ona viloyatining Buvayda, Yozyovon, Marg‘ilon, Oltiariq tumanlarida, Toshkent shahri, Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on va Tayloq tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida ko‘pchilikni tashkil qilgan. Uning tarafdorlari soni 20 mingdan ortiq bo‘lib, izdoshlarining muntazam ko‘payib borishi sabablaridan biri muridlari odatda tarafdorlar yig‘ish jarayonida o‘z yetakchilarini (Ibrohim eshonni) ideal shaxs sifatida ko‘rsata olishi bo‘lgan. Shuningdek, Ibrohim eshonning o‘z hisobidan ziyoratgohlarni taʼmirlash, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish hamda shu kabi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etishi ham musulmon aholi orasida uning obro‘si oshishiga va tarafdorlari ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Ibrohim eshonga yangi bay’at qilganlarga quyida keltirilgan vazifalar buyurilgan, shukri vuzu — 2 rakat (tahorat shukronasi uchun har bir olingan tahoratdan so‘ng o‘qiladigan namoz); tuhfai Rasululloh — 2 rakat (shom namozidan so‘ng o‘qiladi); tahajjud — 2 rakatdan ikki marta, jami 4 rakaat (bomdod namozining vaqti kirmasdan ilgari o‘qiladi); ishroq — 2 rakaat (Quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi).

Yuqoridagilardan tashqari doimiy tahoratda, maxsikalishda, chopon va salla o‘rab yurish tavsiya etilgan. Ibrohim eshonning tahoratidan qolgan suvni tabarruk d