Kontent qismiga oʻtish

Sattorxon Ibodullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibodullayev Sattorxondan yoʻnaltirildi)

Sattorxon Ibodullayev (1930.2.1 — Janubiy Qozogʻiston, Turkiston sh., Qar-noq qishlogʻi) — geolog olim. Oʻzbekistonda (1975), Qoraqalpogʻistonda (1994) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Geologiya--mineralogiya fanlari doktori (1976), professor (1979). Oʻrta Osiyo universitetining geologiya fakultetini tugatgan (1951). 1953—67 yillarda Toshkent Davlat Universitetida ishlagan. Oʻrta Osiyo geologiya va xom ashyo ilmiy tad-qiqot instituti direktori (1976 — 81), ToshPI geologiya va razvedka fakultetida kafedra mudiri (1981—83), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida boshqarma boshligʻi (1983—88), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti prorektori (1988-92), rektori (1992-95), geodeziya kafedrasi mudiri (1995-yildan). Ibodullayevning ilmiy ishlari geologiya-geodeziya masalalariga bagʻishlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil