Ahmad Ibrohimov
Ahmad Pochchayevich Ibrohimov (1928-yil 12-dekabr, Turkiston) — biokimyogar, genetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), biologiya fanlari doktori (1966), professor (1969). Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1950). Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti organik va biologiya kimyo kafedrasida dotsent, kafedra mudiri (1954—1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967—1971), nuklein kislotalar laboratoriya mudiri (1967—1976), 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti (1997-yildan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti)da gʻoʻza molekulyar genetikasi laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza turlari va navlarida oqsil va nuklein kislotalar biosintezining molekulyargenetik xususiyatlari, gʻoʻzaning vertitsillyoz viltga chidamliligini oshirishning nazariy masalalariga bagʻishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Molekulyarnogeneticheskiye osobennosti ustoychivosti xlopchatnika k viltu. T., 1978; Biosintez belkov i nukleinovix kislot xlopchatnika v ontogeneze, T., 1986.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |