Kontent qismiga oʻtish

Icheri-sheher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Icheri shahardan yoʻnaltirildi)
Icheri-sheher
ozarb. İçərişəhər
Qiz qal’asi , Darvoza, Bozor maydoni, Eski koʻcha, Devonxona, Muhammad masjidi, Chin — masjid, Qadimgi butlar, Shirvonshohlar saroyi
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Ichgarishaxar Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi
Ilk qayd etilgan vaqti V asr[1][2]
Asos solingan sana XII asr
Uslubi Shirvan — Apsheron maktabi
Holati qoʻriqxonasi
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Walled City of Baku with the Shirvanshah’s Palace and Maiden Tower
Turi Madaniy
Mezonlari vi
Tayinlangan 2000
Manba nomeri 958
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish
Manba nomeri 2
Turi kompleks
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Icheri-sheherning plani

Icheri-sheher (ozarb. İçərişəhər — Ichki shahar), xalq orasida — Qal’a[3] (ozarb. Qala), yoki „eski“ shahar[4] — Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi qadimiy yashash kvartali va tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona, yaxshi saqlanib qolgan qal’a devorlari bilan oʻralgan va shaharning eng qadimgi qismida[5] joylashgan va shaharning diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Qoʻriqxona egallagan 221 ming. m² maydonda 1300 dan ortiq oila yashaydi[6].

Qoʻriqxona maydoniga bronza asridan [6] boshlab odamlar koʻchib kelgan. Arxeologik qazilmalar natijasida Icheri-sheher hududiga VIII—XI asrlardanoq odamlar yashagani, bu yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq[7] rivojlangani maʼlum boʻldi. XV asrda Shirvonshoh oʻz qarorgohini Shemaxidan Bokuga koʻchirib oʻtdi va bu Icheri-sheherni[4] „kristallanishiga“ sabab boʻldi. 1747-yildan 1806-yilgacha asosan Icheri-sheherda joylashgan Boku Boku xonligining poytaxti boʻlgan. Bokuni ruslar egallab olganidan soʻng 1806-yilda va ayniqsa neft qazish avjiga olganidan soʻng (XIX asr oʻrtalarida va XX asr boshlari) Boku shiddatli ravishda kengaya boshladi va Icheri-sheher qal’a devorlaridan tashqarisiga chiqdi.

Icheri-sheherda eng koʻzga koʻringan yodgorliklardan Qiz qal’asi va ozarbayjon meʼmorchiligining [8] durdonasi hisoblangan Shirvonshohlar saroyi majmuasini keltirish mumkin. Bundan tashqari qoʻriqxona hududida oʻnlab tarixiy yodgorliklar — masjidlar, karvon — saroylar, hommom, uylar joylashgan, bir qancha muzey, elchixona, mehmonxona, savdo obyektlari, kafe va restoranlar faoliyat yuritmoqda.

1977-yilda Icheri-sheher tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona[6] deb eʼlon qilingan, 2000-yilda esa Shirvonshohlar saroyi hamda Qiz qal’asi bilan birga YUNESKO ning umujahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Icheri-sheher Umumjahon meʼrosi roʻyxatiga kiritilgan Ozarbayjonning birinchi obyekti hisoblanadi.

„Icheri-sheher“ tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxonasi Boku shahrining Sabail tumani hududida, Kaspiy dengizi yaqinidagi balnd boʻlmagan tepalikda joylashgan. Icheri-sheher balandligi 8-10 metr, kengligi esa 3,5 metr keladigan qal’a devorlari bilan oʻralgan.

Icheri-sheher „Istiglaliyat“ koʻchasining janubi — sharqida va „Neftchilar“ prospektining shimoli-gʻarbida, shunday nomli metro stansiyasidan sharqida joylashgan. Sharqdan qoʻriqxonaga Aziz Aliyev koʻchasi birikadi, janubi — gʻarbiy qismidan esa Vaxid nomidagi bogʻ mavjud.

Boku xonligi saroyi. Grigoriy Gagarin rasmi.
Bozor maydoni.
Baba Kuxi Bakui masjidining qoldiqlari


Boku qal’a devorlari va chuqurlik bilan oʻralgan qadimgi aholi yashash joylaridan paydo boʻlgan shaharlar turiga kiradi. Bokuni aholi yashash punkti va shahar sifatida paydo boʻlgan vaqti, uni arxeologik jihatdan yaxshi oʻrganilmagani sababli bugungi kunda ham aniqlashtirilmagan. Odamlarni bu yerlarga boku yaqinidagi neft, tuz boyliklari, dengiz qirgʻoqlaridagi qulay joylashuvi hamda tabiiy bandargohi jalb qilgan. Shirvonshohlar saroyida arxeologik izlanishlar natijasida topilgan eramizdan avvalgi III-I asrlarga oid koʻza, Muhammad masjidi hududida topilgan eramizdan avvalgi IV-I asrlarga oid sopol idish boʻlaklari va eramizning I asrga oid temir oʻqlar, temir asriga oid loydan yasalgan ayol haykali, Icheri -sheherdan antik ustun asoslari qadimgi Boku qal’asini antik davriga oid shahar deb hisoblashga asos boʻla oladi. I asrdanoq Boku kichik port shahri hisoblangan[9].

Erta oʻrta asrlar davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sosoniylar davridanoq markazi Boku boʻlgan Apsheron — Sosoniylar davlatining alohida provinsiyasi — Shirvon viloyatiga kirgan alohida maʼmuriy birlik hisoblangan. Hududni arablar bosib olganidan soʻng, Bokudan tashqari Shamaxi, Derbent va boshqa shaharlar kirgan Shirvan viloyatining hukmdorlari Shirvonshohlar boʻlgan. Al-Balazuri, Al-Masudi va boshqa arab mualliflari takidlashicha, Xosrav Anushirvan shohlarni tanlab tayinlaydi va ularning har biriga shohlik taqdim qilgan. Ular orasidan Shirvonning shohi Shirvon — shoh deb atalgan. VII—X asrlarga oid davrda Bokudagi voqealar haqida maʼlumotlar kam. Shahar turklar va ruslar tomonidan shimoldan hujumlarga duchor boʻlgan. 914 yilda Boku qirgʻoqlariga ruslar hujum qildi. Masudining takidlashicha, ruslar Shirvonshohlar saroyida Boku nomi bilan maʼlum boʻlgan neft qirgʻoqlariga yetishdi. Kaspiy dengizida oʻz flotiga ega boʻlmagan Shirvonshoh Ali ibn Xaysam, oʻz qoʻshinini bark va savdo kemalarida yuboradi. Ruslar shirvonshohlar qoʻshiniga hujum qilishdi va Masudining takidlashicha minglab musulmonlar oʻldirilgan va choʻktirilgan. Keyinchalik ham Boku va Apsheronga hujumlar davom etdi[9].

Al-Mukaddasi X asr Boku haqida „dengizdagi shahar, viloyatning yagona bandargohi“ deb yozgan. Lekin, VIII asr — IX asr boshlaridanoq Boku ahamiyatli dengiz bandargohi boʻlmagan va mamlakatning yirik savdo markazlari hisoblanmagan. Bokuning boshqa shaharlar bilan savdo aloqalari boʻlganini shahar hududida topilgan, Sosoniylar (V-VII asrlar), shuningdek, Abbosiylar va Shirvonshohlar davriga oid tangalar tasdiqlaydi. X asr oxirida esa arab mualliflari shaharni katta ahamiyatga ega port sifatida tariflashgan. Tepalikda joylashgan shaharning oʻzi esa qal’a devorlari bilan oʻralgan. Shirvonshohlar saroyi fasadining janubi-sharqiy qismida aniqlangan, oʻrta asrlar shahar qatlami VIII asrga oid. Icheri-sheherning turli hududlarida topilgan koʻzasimon chuquqrlar bu yerda erta VIII asrda aholi yashaganini bildiradi. Erta davrlarga oid shaharning yer ustki meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolmagan[9].

Shirvonshohlar hukumronligi davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab xalifaligining X-XI asrlarda parchalanishi sababli bir qator viloyat hukmdorlari, shu jumladan Shirvonshohlar ham mustaqil ravishda boshqarishni boshlashdi. Boku va Shamaxi oʻsha davrda boy shaharlar boʻlib, koʻpgina bosqinlarga duchor boʻlishgan. 1030-yilda Boku shahrida ruslar va Shirvonshoh Minuchixr I Yazid qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlgan. Ruslarning gʻalabasi Araks daryosi boʻylab oʻtib Baylakanni egallab olishiga sabab boʻldi. Bir yildan soʻng ruslar yana Shirvanga Boku orqali hujum qilishdi, lekin Shaddadilar sulolasidan boʻlgan Arran hukmdori Musa ibn Fadl ular bilan jangga kirib mamlakatdan haydab chiqarishga erishadi.

XI asrning 40 yillarida turk-ogʻuzlarning bosqini havfi boʻlgani sababli Shirvonshohlar shahar atrofida qal’a devorlarini qura boshlashdi. Manbalarda ilk bor ularning oʻsha davrda bosqini haqida yozilgan. XI asr boshlarida ogʻuzlarning bir boʻgʻini boʻlgan saljuqiylar kuchli imperiya tashkil etib, Oldi Osiyo mamlakatlariga tahdid sola boshladi. 1066-yilda Kara-Tekin boshchiligi ostida Shirvon va Bokuga hujum qilishadi. Kara-Tekindan soʻng Shirvonga saljuqiylarning boshqa hukmdorlari Kaymas va Alp-Arslon ham yurish uyushtirishgan. Lekin Shirvonshohlar bu davrda hali mustaqil hukmdor sifatida yurtini boshqarishgan. Taxtga Iroq-Arab va Fors humkdori Sau-Teginni kelishidan soʻng, Shirvonshoh Faribuz saljuqiylarning vassaliga aylandi. XII asrning ikkinchi choragida Ildegiz butun Shirvonni, shu jumladan Bokuni ham bosib oldi. XII asrning oxirida esa, Shirvonshohlar faqat nomigagina mustaqil, amalda esa Ildegizidlar boshqaruvi ostida boʻlishadi.

1191-yilda Shamaxi zilzila sababli vayron boʻlganidan soʻng, shirvonshoh Axsitan I oʻz qarorgohini Bokuga koʻchiradi. Shirvonshohlar shaharni bir qator inshootlar bilan bezab uni mustahkamladilar. XII asrning birinchi yarimida shaharning qal’a devorlari qurilgan va bir qator fortifikatsion ishlar amalga oshirilgan. Mudofa inshootlari tizimiga Qiz qal’asi ham kirgan. Saljuqiylarga qarshi kurashda Shirvonshohlar gruzin hukmdorlari bilan ittifoqdosh boʻlgan. Gruzin yilnomalarida yozilishicha, 1222-yilda toʻy marosimida ishtirok etish uchun Bokuga Tamaraning oʻgʻli gruziya qiroli Georgiy IV Lasha keladi. Shaharning Shirvonning eng boy shaharlaridan biri va Kaspiy dengizidagi muhim portlardan biri sifatidagi ahamiyati oʻsha davrda oshadi. Ozarbayjon shoiri Xagani Shirvaniy Shirvonshoh Axsitan ibn Minuchixrni yaxshilab qilgan qasidasida Bokuni mustahkam qal’a va sharqdagi eng ahamiyatli shahar sifatida, Xourosonning[9] eng mustahkam shahri Bestam bilan qiyoslab yozadi.

1220-yilda Shirvonga moʻgʻullar bostirib kiradi. Serab va Baylakanni bosib olib, Shemaxani vayron qilishdi va Derbent yoʻlidan ketishdi. Moʻgʻullarning ikkinchi istilosi 1231-yilda boʻlib oʻtdi. Gyandja, Barda, Baylakan, Shabran kabi yirik shaharlar moʻgʻullarning bunday yavronkor bosqinidan soʻng uzoq vaqt oʻziga kela olmagan. XV asr arab geografi Abd ar-Rashid al-Bakuvining yozishicha moʻgʻullar dengiz yonidagi mustahkam qal’a — Bokuni uzoq vaqt ishgʻol qila olishmadi, u yerdagi aholi shiddatli qarshilik koʻrsatishdi. Faqatgina butun mamlakat ishgʻol qilinganidan soʻng, shahar taslim boʻlishga majbur boʻldi.

1258-yilda Chingizxon, nabirasi Xulagu-xon Bogʻdodni egalladi, Abbosiylar halifaligiga chek qoʻyib Xulagiylar sulolasiga asos soldi. Ilxoniylar Kavkazortini bosib olgan, ular bu yerlarga Djuchidlar huquqini tan olmagani sababli, Ilxoniylar davlati va Oltin Oʻrda oʻrtasida yuz yil davomida toʻqnashuvlar boʻlgan. Shu yillar davomida bu davlatlarning chegaralari Derbent yonidan, gohida esa Boku yonidan oʻtgan. Bu davrda Shirvonshohlar oʻz yerlarida moʻgʻullarning vassallari sifatida hukmronlik qilishgan, ilxoniylar hukmdorlarining yurishlarida ishtirok etishgan. Ilxoniylar davrida moʻgʻul hukmdorlari Bokuga qishlash uchun kelishgan. 1297-yilda Bokuga qishlash maqsadida Gazan-xan kelgan. Odoriko Pordenone xon haqida shunday yozadi „Bu yerda (Sultonlikda) yoz paytida xon vaqtini oʻtkazadi, qish paytida esa Bakuk (Vasis) [9] shaharga ketadi“.

XIV asrning boshida moʻgʻul davlati tarqalib ketganidan soʻng, Shirvonshohlar Ilhoniylar davlati hududida shakllangan Chobaniylar, soʻng Djelairiylar bilan kurash olib borishgan. Ular Bokuni ishgʻol qilganini shaharda topilgan 1360-yilga oid Sulton Shayh Uveys nomli tangalar tasdiqlaydi. Shirvonga shuningdek, Toʻxtamish va Temur bosqin qilishgan va buni u yerda topilgan XIV asr ohiriga oid ular nomi bilan chiqarilgan tangalar tasdiqlaydi. Shirvonshoh Shayh Ibrohim usmon sultoni Boyazidga qarshi jangda Temur tomonida boʻlgan, Temur 1400-yilda Suriyaga yurish qilganida Xalebga birga borgan va uning tomonida boʻlgan. Temur oʻlganidan soʻng Shirvon mustaqillikka erishadi. Mamlakatni Qora-Yusuf bosib olganidan soʻng ham, shirvonshoh Ibrohim Qora — Koyunlu mamlakati hukmronlarining faqatgina rasmiy vassal boʻlgan, amalda esa Shekidan Derbentgacha Shirvonning

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R1
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R2
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R3
  4. 4,0 4,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R4
  5. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R5
  6. 6,0 6,1 6,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R6
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R7
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R8
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named R9