Kontent qismiga oʻtish

Pomir-Fargʻona irqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ikki daryo oraligʻi irqidan yoʻnaltirildi)

Pomir-fargʻona irqi, Ikki daryo oraligʻi irqi — katta yevropeoid irqiga mansub boʻlgan irqlardan biri. L.V. Oshanin "Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi tipi", A.I.Yarxo "Pomir-Fargʻona tipi" deb atagan. P.-Pomir-fargʻona irqiga quyidagi xususiyatlar xos: pigmentatsiyasi qora, soqoli siyrakroq yoki qalin, sochi toʻgʻri yoki sal jingalak, yuzi choʻziq va keng, qirra burun, qanshari tik va keng, ayrim guruxlarida mongoloid irk aralashgan. Paleoantropologiya materiallari bu tipdagi aholining tub xalq ekanligini koʻrsatadi. P.-Pomir-fargʻona irqini L.V.Oshanin 3 ga ajratgan:

1) togʻliklar — togʻlik tojiklar;

2) Jan.-Gʻarbiy Pomir boʻyidagi kam sonli qabilalar (rushan, shugʻnon, vohon);

3) tekislikdagilar — Oʻzbekistonda yashovchi oʻzbeklar, shuningdek, tojik va uygʻurlarning ayrim guruhlari.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil