Akmaljon Ikromjonov
Akmaljon Toʻrayevich Ikromjonov (1952.20.4, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1998). Respublika rassomlik bilim yurtini tu-gatgan (1971), I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutida taʼlim olgan (1971—77). M. Uygʻur nomidagi sanʼat instituti (hoz. Milliy rassomlik va dizayn instituti) da pedagog (1977—82); 1990-yildan prof. I.ning dastlabki asarlarida mahobatlilik, ulugʻvorlik koʻzga tashlanadi; 80-y.larning 2-yarmidan rassom vatandoshlari qiyofasi va ruhiy dunyosini, tabiat va uning sahovatini, tarixiy shaxslar, ijtimoiy mavzularni milliy yorqin, oʻziga xos tarzda uygʻun ranglarda, umumlashma, ramziy cheksiz makonda tasvirlaydi: "Rassom Bahodir Jalolov" (1976), "Chingiz Ahmarov portreti" (1980), "Surxondaryo zamini" (1985), "Rahimbobo", "Bodomxon aya portreti" (1986), "Alisher Navoiy", "Kamoliddin Behzod" (1988), "Bobirga bagishlov" (1990), "Mirzo Ulugʻbek portreti" (1994), "Mevali natyurmort", "Qumgʻonli natyurmort" (1996) va b. "Moviy qoʻshiq", "Bahor", "Togʻdagi soy", "Naʼmatak guli" (1998—2002) manzaralari Toshkentdagi Oqsaroyni bezab turibdi. "Zamin navolari" triptixi (1988), "Chaqmoq" (1989), "Orol — mening dardim" (1989—90) asarlari uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1990). I. haqida "Akmal" telefilmi yaratilgan ("Oʻzbektelefilm", 1999). I. asarlari bilan respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalarida qatnashadi. Asarlari ayrim respublika va xorijiy muzeylarda, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |