Ilgʻatu Malik
Ilgʻatu malik, Ilatgʻu Malik (13-asr) — Xorazmshohlar davlatinnnt harbiy arboblaridan biri. Muhammad Xorazmshohning Banokatsyagsh noibi. Moʻgʻullar istilosi arafasida Muqammad Xorazmshoq Jand va Yorkend noibi Amir Buji Pahlavon Qutlugʻxonni 10 ming otliq askar bilan I. m. ka yordamga junatgan. Banokat garnizoni, asosan, angʻlilardan tashkil topgan boʻlib ularga I. m. qoʻmondonlik qilgan. Chingizxon Oʻtrorga kelib, Banokatni egallash uchun Alaq noʻyon, Saq-tu va Buqa boshchiligida 5000 kishilik qoʻshin joʻnatgan. Bular tevarakatrofdan ularga qoʻshilgan qoʻshinlar bilan Banokatni qamal qilganlar (1220). I. m. rahbarlik qilgan shahar mudofaachilari 3 kun mobaynida moʻgʻullar bilan qahramonona jang kidali. Biroq kuchlar teng boʻlmagani bo-isidan qamalning toʻrtinchi kuni Banokat taslim boʻlgan. Moʻgʻullar shahar aholisini shahardan tashqariga olib chiqib, ularni jangchilar, hunarman-dlar va oddiy fuqarolarga ajratgan. Soʻngra jangchilarni qilich bilan cho-pib, kamon bilan otib oʻldirganlar, qolgan xalqni minglik, yuzlik, oʻnliklarga ajratgan. Yoshlarni hashar sifatida olib Xoʻjand tomon yurish qilishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |