Kontent qismiga oʻtish

Tatyana Ilinia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ilina Tatyana Georgiyevnadan yoʻnaltirildi)

Tatyana Georgiyevna Ilina (1920.26.6 — Toshkent) — koʻz kasalliklari boʻyicha mutaxassis. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1969), tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1973). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1942). Koʻz kasalliklari kafedrasi professor (1972— 80); mudiri (1980—88), 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi da kafedra mudiri (1989—91), professor (1991—94), 1994-yildan professorkonsultant. Traxoma, glaukoma (nazla) kabi xastaliklar, shuningdek, ishemik kasalliklar, gipertoniya, qand kasalligi, ateroskleroz, podagra, buyrak va jigar kasalliklarida koʻz tomirida boʻladigan oʻzgarishlar ustida tadqi-qot olib borgan. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib odam va hayvonlar koʻzi toʻqi-malaridagi mikroelementlarni radio-aktivatsion tahlil qilish usulini ishlab chiqqan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil