Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Immunologiya institutidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti — ilmiy tadqiqotlar muassasasi. Sobiq ittifoq Sogʻliqni saqlash vazirligi Immunologiya institutining filiali sifatida tashkil etilgan (1985); 1991-yildan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga, 1994-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli mustaqil institut. Institutda molekulyar genetika, immunogenetika, immunopatologiya, immuno- va allergodiagnostika laboratoriya.si va klinika bor. Institutda, asosan, immun tanqisligi va immunologik holatning Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida tarqalishi oʻrganiladi, immunogenetik tadqiqotlar olib boriladi, immunitetni rostlab, asliga keltiruvchi yangi dori-darmonlar va usullar ishlab chiqiladi. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonda sogʻlom aholida va koʻp uchraydigan kasalliklarda immunogenetik markerlar tahlilini, virusli gepatit V va S, OITS va yuqumli kasalliklarni molekulyar genetika jihatidan oʻrganish borasida AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya olimlari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy izlanishlar olib boriladi. Institut qoshida "Tibdiagnostika" va "Universal immunotest" kichik korxonasi mavjud. Institutda 36 ilmiy xodim, shu jumladan 4 fan doktori va 15 fan nomzodi bor (2002). Har yili immunologiya va allergologiyaning dolzarb masalalariga oid ilmiy ishlar toʻplami (hoz. 10 jild nashr etilgan), 1999-yildan boshlab "Nazariy va amaliy tibbiyot jurnali" nashr etilmoqda. I.i. "Immunologiya va odamning yoshi" (1987) va OITS (1989), "Oʻzbekiston xalq xoʻjaligida immunogenetika va biotexnologiya yutuklari" (1995) mavzuidagi konferensiya va simpoziumlar, shuningdek, immunologal lergologlarning 1 sʼyezdini (1991) oʻtkazishda faol qatnashgan. Institutda har yili yosh olimlar va soha mutaxassislarining ilmiy anjumani utkazib turiladi. I.i.da olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ishlari N. H. Abdullayev, M. N. Rizayev, R. M. Ruziboqiyev va b. olimlar faoliyati bilan bevosita bogʻliq.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil