Kontent qismiga oʻtish

Sanoat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Industriyadan yoʻnaltirildi)
Sanoat allegoriyasi. Sankt-Peterburg.

Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.

SANOAT, industriya – xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida – ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.

Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi – ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15-asrlarda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi – fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.

Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.

1913-yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.

20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi (qarang Yengil sanoat), 1937-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi, 20-asrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.

1941—1945-yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (qarang Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (qarang Rangli metallurgiya).

Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan Sanoat tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000-yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi (qarang Asaka avtomobil zavodi, "British Ameriken tobakko", "ZarafshonNyumont", "Kabultekstaylz", "Kokakola", "Samkochavto" koʻshma korxonasi va b.). Sanoat tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi.

Oʻzbekistonda Sanoat tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi.

2002-yilda Oʻzbekiston Sanoatda 1467 ta oʻrta va yirik ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy ishlab chiqarish hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi (yana Avtomobil sanoati, Yengil sanoat, Yogʻmoy sanoati, Mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga q.).

Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.[1]

  1. Musayev, Nuriddin. „Sanoat“ OʻzME. S-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Karimov I. A. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Kari mov I. A. Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomika Oʻzbekistana i stran SNG, T., 2001; Oʻzbekiston Respublikasi, T., 2001.