Kontent qismiga oʻtish

Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika
Asl nomi Практическая грамматика английского языка
Muallif(lar) Kseniya Kachalova
Yeruxim Izrailevich
Til ruscha
Janr(lar)i grammatika
Nashriyot „Vneshtorgizdat“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1952
Sahifalar soni 556

„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ (ruscha: Практическая грамматика английского языка) („Ingliz tilining amaliy grammatikasi“) — Kseniya Kachalova hamda Yeruxim Izrailevich qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1952-yil Moskva shahrida „Vneshtorgizdat“ nashriyotida chop etilgan.[1]

„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ ingliz tili grammatikasi boʻyicha sovet davrida eng keng qoʻllangan kitobdir. Asar bir necha oʻn marta qayta nashr qilingan. Ayrim nashrlar ikki jilddan iborat.

Asar SSRI Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi oliygohlar talabalari uchun moʻljallangan. Shuning uchun unda savdo-sotiq hamda iqtisod mavzularida koʻplab misollar keltirilgan. Asarda ingliz tili morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi hamda AQSH hamda Britaniya dialektlari oʻrtasidagi farqlar boʻyicha maʼlumot berilgan. Kitobda yana mustaqil oʻrganuvchilar uchun mashqlar hamda ularning javoblari keltirilgan.

  1. „Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2017-yil 2-yanvar.