Inshootlar dinamikasi
Inshootlar dinamikasi, inshootlar tebranishlari nazariyasi — qurilish mexanikasi boʻli-mi. Inshootlarning tashqi dinamik kuchlar (titrash, zarba va b.) taʼsiriga chidamliligi, mustahkamligi va ustuvorligini hisoblash usullarini oʻrganadi. Mashinalarning ishlashi, koʻchalardagi transport qatnovi, yer qimirlashi, portlash va b. inshootlarning tebranishiga sabab boʻladi, mus-tahkamligi va ustuvorligiga taʼsir qiladi. Inshootlarni loyihalashda bular hisobga olinadi. Inshootlarning mustahkamligi va ustuvorligi masalalari statik va dinamik hisoblar hamda tegishli tadqiqotlar asosida hal qilinadi.
Tadqiqot usullariga koʻra, I. d. eksperimental va nazariy xillarga boʻlinadi. Eksperiment al I. d. da inshootlarning oʻzi va modeli bilan tajribalar oʻtkazib, inshootlarga tushadigan dinamik nagruzkalar hamda materiallar va qurilmalarning xa-rakteristikalari oʻrganiladi; inshootlarni hisoblash sxemalarining toʻgʻriligi va tebranishlarni kamaytirish usularining samaradorligi tekshiriladi. Nazariy I. d. da ek-sperimental I. d. sinovlari natijalariga asoslanib, dinamik nagruzka taʼsiri ostida inshootda vujudga keladigan majburiy tebranishlar (sil-jish, ichki zoʻriqish va kuchlanishlar) amplitudalarini, inshootlarning erkin (xususiy) tebranishlari chastotasi va shakllarini aniqlash usullari ishlab chiqiladi. Tebranishlarning hisobiy qiymatlari inshootlarning mustahkamlik va ustuvorlik talablarida keltirilgan ruxsat etilgan qiymati bilan, shuningdek, titrashlarning inson salomatligiga zararli taʼsiri haqidagi ogohlantirishlar bilan taq-qoslanadi. I. d. usuliga asosan ishlab chiqilgan dinamik hisoblashlar inshootlarning puxta va kup ga chidamli materiallarini tejashni taʼminlashga imkon beradi.
Oʻzbekistonda I. d. ga oid ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seymik mustahkamligi intida, Toshkent arxitektura va qurilish institutida olib boriladi. Mas, Mexanika va inshootlarning seysmik mustah-kamligi institutida inshootlarning mus-tahkamligi sunʼiy zilzila taʼsirida tekshirilib, bu sohada muhim masalalar hal qilinadi. Dunyoda ilk bor yer osti inshootlar dinamikasi yaratildi va hayotga tadbiq qilindi.
Tursun Rashidov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |