Kontent qismiga oʻtish

Inbriding

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Insuxtdan yoʻnaltirildi)

Inbriding (ing. inbreeding, in -ichida va breeding — koʻpaytirish), insuxt — bir populyasiya doirasida yaqin qarindoshlar yoki umumiy ajdodga ega boʻlgan organizmlarni oʻzaro chatishtirish. Organizmda qarindoshlik darajasining ortib borishi bilan gomo-zigotali organizmlarning vujudga kelishi ehtimolligi ham orta boradi. I.ning eng yuqori darajasiga oʻsimliklarni oʻzoʻzidan changlantirish, hayvonlarni qon boʻyicha yaqin yoki uzoqroq qarindoshlari bilan (ona x oʻgʻil), (qiz x ota), (buvi x nabira) va hakozo shakllarda urugʻlantirish (qochirish) orqali erishiladi (qarang Gomozigo-talik). Masalan, oʻsimliklarni oʻz changi bilan majburiy (bir yillik, guli ikki jinsli oʻsimliklarda) va qarindosh individlar changi bilan qaytadan (ayrim jinsli, ikki pallali oʻsimliklarda) changlanadi. I. natijasida inbrid (oʻz-oʻzidan changlangan) liniya (insuxt li-niya)lar olinadi. I. organizm belgi va xususiyatlarining avlodlarda rivojlanish va barqarorlashuvining ortib borishiga (konstantlikka) olib keladi. Tabiatda oʻz-oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda I. koʻpincha chetdan changlanish bilan almashib keladi. Oʻz-oʻzidan changlanish irsiy turgʻunlikni, chetdan changlanish esa geterozis va irsiy farqpanishni taʼminlaydi. I.dan retsessiv allellarni aniqlashda, organizmlarning koʻp allellari boʻyicha gomozigota (sof liniyalar) olishda, zot va navlardagi biror belgini rivojlantiruvchi allellarni saqlab qolishda foydalaniladi. I.ni qoʻllab koʻplab ekinlar navlari va hayvonlar zotlari yaratilgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil