Intuitive Machines

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Intuitiv mashinalardan yoʻnaltirildi)
Intuitive Machines
Turi biznes va kompaniya
Qachon asos solingan 2013
Joylashuvi Hyuston (Texas) AQSH
Asoschi(lari) Kam Ghaffarian
Vebsayti https://intuitivemachines.com

Intuitive Machines — Amerikaning kosmik texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Kompaniya 2024-yil fevralida IM-1 missiyasi doirasida Oyga ilk parvozini amalga oshirgan Nova-C qoʻnuvchi qurilmasini ishlab chiqqan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya 2018-yil noyabr oyida NASA tomonidan Commercial Lunar Payload Services (CLPS) dasturi doirasida 9 ta kompaniyadan biri sifatida tanlab olindi[2]. Kompaniyaning Nova-C oʻzi qoʻnuvchi moduli NASA tomonidan Oyning tabiiy resurslarini oʻrganish va ulardan foydalanishga qaratilgan ushbu dasturning birinchi loyihasi sifatida taklif qilingan.

2019-yil 31-may kuni NASA Intuitive Machines kompaniyasiga Nova-C qoʻnuvchi qurilmasini ishlab chiqish va uni Oyga uchirish uchun 77 million dollar ajratganini eʼlon qildi[3].

2020-yil 13-aprel kuni Intuitive Machines oʻzining birinchi tijorat missiyasi Oyning Shryoter vodiysi yaqiniga qoʻnishni moʻljallanayotganini maʼlum qiladi.

2021-yil 22-aprel kuni qoʻnish joyi Oyninv Aniqlik dengizi va Inqiroz dengizi oraligʻidagi nomaʼlum joyga oʻzgartirilgani maʼlum qilindi[4].

2023-yil 14-fevral kuni NASDAQ fond birjasida Intuitive Machines kompaniyasining aksiyalari savdosi boshlandi[5].

Fevral oyida kompaniya Inflection Point Acquisition kompaniyasi bilan oʻzaro birlashish jarayonini yakunladi va Delaver shtatida roʻyxatdan oʻtadi[5].

2024-yil 15-fevralda Intuitive Machines kampaniyasining (IM-1) Nova-C qoʻnuvchi modulini Oy yuzasiga yetkazish uchun birinchi parvozni amalga ishirdi. Modul 2024-yil 22-fevral kuni GMT bilan soat 23:23 da Oyning janubiy qutbi hududidagi Malapert krateri yaqinida qoʻndi[6].

Ushbu parvoz muvaffaqiyatli amalga oshgandan soʻng kompaniyaning aksiyalarining narxi deyarli 1,5 baravar yoki 2024-yilning ilk kunidagi narxiga nisbatan 3 baravarga koʻtarildi[7].

Mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nova-C[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nova-C – yengil qoʻnish qurilmasi (moduli) boʻlib, Oy yuzasiga kichik tijorat yuklarini yetkazish uchun moʻljallangan. Ushbu modul uchirilishi Falcon-9 raketasi yordamida amalga oshirililadi[8].

Boshqa mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yengil vaznli Nova-C modulidan tashqari kompaniya qoʻshimcha ravishda, oʻrta va ogʻir yuk koʻtarish imkoniyatiga ega Nova-D va Nova-M modullarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan[8]

Intuitive Machines NASAning Jonson kosmik markazi bilan hamkorlikda xalqaro kosmik stansiyadan yuklarni qayta olib tushish uchun moʻljallangan Universal Return Vehicle (URV) modulini ishlab chiqdi[9].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aerobotic

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Intuitive Machines Sets January 2024 for Historic U.S. Lunar Mission“ (en) (2023-yil 27-oktyabr). 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  2. „NASA Announces New Partnerships for Commercial Lunar Payload Delivery Services - NASA“ (en-US). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  3. „NASA chooses three companies to send landers to the moon - UPI.com“ (en). UPI. 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  4. „Intuitive Machines-1 Orbital Debris Assessment Report (ODAR)“ (en). 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  5. 5,0 5,1 Foust, Jeff „Intuitive Machines completes SPAC merger“ (en-US). SpaceNews (2023-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  6. Moon landing: US clinches first touchdown in 50 years, Reuters, February 23, 2024
  7. Foust, Jeff „IM-1 mission on course for the moon after engine test“ (en-US). SpaceNews (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  8. 8,0 8,1 „Lunar access Services“ (en). 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  9. „Products & Services“ (en). Intuitive Machines. 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]