Kontent qismiga oʻtish

Ion bogʻ

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ion bog‘dan yoʻnaltirildi)

Ion bogʻ, elektrovalent bogʻ, geterovalent bog — kimyoviy bogʻ turlaridan biri, qaramaqarshi zaryadli ionlar oʻrtasidagi elektro-statik oʻzaro taʼsir kuchiga asoslanadi. I. b. elektromanfiylik jihatidan bir-biridan katta farq qiladigan ikki element orasida vujudga keladi. Bunday bogʻlar ishqoriy metallarning galogenidlarida koʻproq hosil boʻladi. LiF birikmasidagi litiy bilan ftor orasidagi bogʻ bunga yaqqol misol boʻla oladi. Har qaysi ion oʻz atrofida elektr maydoni hosil qiladi. Shu sababli I. b. li molekulalar geteropolyar birikma deb ataladi. Ge-teropolyar birikmalar hamma agregat holatlarda ionlik tavsifini saqlab qoladi. Mas, NaCl birikmasi gaz, suyuq va qattiq holatlarning hammasida ham Na+ va Cl ionlardan tarkib topgan va ular orasida I. b. mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil