Ioni dengizi
Qiyofa
(Ioni Dengizidan yoʻnaltirildi)
Ioni dengizi - Oʻrta dengizning markaziy qismi, Bolqon va Apennin yarim orollari hamda Krit va Sitsiliya orollari oraligida. Otranto boʻgʻozi orqali Adriatika dengizi bilan, Messina boʻgʻozi orqali Tirren dengizi bilan qoʻshilgan. Yirik qoʻltiqlari: Patraikos, Korinf va Taranto. Sharqida Ioni orollari bor. Maydon 169 ming km2. Chuq. 4000 m dan ortiq (eng chuqur joyi 5121 m). Suv temperaturasi fevralda 14°, avgustda 25,5°. Shoʻrligi 38% orol Baliq (skumbriya, kizil tunets, kambala, kefal) ovlanadi. Yirik portlari: Patri, Kerkira — Gretsiyada, Taranto, Kataniya — Italiyada.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]