Muhammad Iqbol
Muhammad Iqbol | |
---|---|
Asl ismi | محمد اقبال |
Tavalludi |
9-noyabr 1877-yil |
Vafoti |
21-aprel 1938-yil (60 yoshda) Panjob, Hindiston |
Kasbi | faylasuf, shoir, davlat arbobi |
Ijod qilgan tillari | Urdu, Fors tili, Nemis tili, Arab tili, Urdu va Ingliz tili |
Fuqaroligi | Pokistan |
Alloma Muhammad Iqbol (1877 - 1938) - mashhur Hind shoir, faylasuf va davlat arbobi. Bundan tashqari, XX asrda islom jamiyatining eng oʻrnakka sazovor farzandlaridan hisoblanadi. Ilk ta'limini uyda ota-onasi yonida boshlaydi, keyinchalik bilimlarini Hind, Ingliz va Nemis universitetlarida shakllantiradi.
Islom olamida "Alloma Iqbol" nomi bilan yodga olinadi. Hindiston mustaqilligi uchun olib borilgan siyosiy kurashlarda faol ishtirok etgan. Hindistonda hindular va musulmonlar oʻrtasidagi kelishmovchilik va oʻzaro kurashning avj olib ketgani va ikki jamiyat oʻrtasida sulhga erishish imkonsiz ekanligini tushunib yetgani uchun, Hindiston musulmonlari uchun mustaqil davlat tuzish gʻoyasini yoqlab chiqadi. U Pokiston davlati qurilishidan oldin vafot etgan boʻlsada, bu gʻoyani ilk yoqlab chiqqan inson sifatida Pokistonning ma'naviy asoschisi hisoblanadi. Pokiston xalqi hurmat bilan Alloma Iqbolni "Pokiston mutafakkiri" va "Sharq shoiri" sifatida yodga oladi. Alloma Iqbol nafaqat Pokiston va Hindistonda, balki dunyoning koʻp mamlakatlarida hozirgacha hurmat bilan yodga olinadi va asarlari sevilib oʻqiladi. Shu jumladan, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda ham.
Hindiston va butun dunyo musulmonlari, ayniqsa yoshlariga oʻz she'rlari va maqolalari bilan juda qattiq ta'sir koʻrsatgan. Fors, urdu va ingliz tillarida ijod qilgan. "Asrori Xudi", "Jovidnoma" kabi goʻzal she'r turkumlari bilan bir qatorda, "Islomda diniy fikrni qaytadan qurish" (The reconstruction of religious thought in Islam) kitobi din bilan jamiyat, falsafa, ilm va huquq kabi sohalar oʻrtasidagi aloqalar, ushbu sohalarni rivojlantirish va zamonaviy fan uchratgan muammolarni yechish uchun "Qur'on" va Islom darslariga juda keng istiqbollar ochib berish kerakligini koʻrsatib bergan mumtoz asar xisoblanadi. Alloma Iqbolning asarlari mana bir asrga toʻlib qolayotgan boʻlsada, hozirgi juda muammoli dunyoda bazi juda muhim prinsiplarni yoritib beraolishi va fikrlarimizni rivojlantirish uchun juda keng istiqbollar ochib beraolish kuchi uchun hali ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan.
Mashhur soʻzlaridan
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Agar sen Qur'onni tushunmoqchi boʻlsang, uning oyatlarini xuddi senga yangidan vahiy qilinayotgandek his qilib oʻqigin".
Alloma Iqbol haqida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Iqbolning insoniyatga eng buyuk chaqirigʻi: Iso kabi yuraging boʻlsin, Suqrot kabi fikring va Qaysar kabi qoʻling boʻlsin. Lekin shularning hammasi sen, oddiy bir insonda yagona ruh ostida va yagona bir maqsad uchun birlashgan boʻlsin. Yani, Iqbolning oʻzi kabi boʻl."
Ali Shariatiy
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alloma Iqbol - shoir va faylasuf (Wayback Machine saytida 2014-02-21 sanasida arxivlangan)
- Muhammad Iqbol she'rlari. Erkin Vohidov tarjimasi
- Muhammad Iqbol hikmatlari