Kontent qismiga oʻtish

Iqlim xaritalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iqlim haritalaridan yoʻnaltirildi)

Iqlim haritalari — maʼlum hududning iqlim xususiyatlarini aks ettiradigan geografik haritalar. Me-teorologik elementlarning koʻp yillik kuzatish maʼlumotlari asosida tuziladi. I.x.da iqlimiy izochiziq oʻtkaziladi. Masalan, izotermalar oʻrtacha temperaturasi bir xil boʻlgan barcha nuqtalarni, izobaralar atmosfera bosimini, izogiyetalar yogʻin miqdorini, izonefalar bulut miqdorini, izotaxalar bir xil tezlikdagi shamollarni, izohronalar iqlim hodisalari (birinchi sovuq tushishi, qor qoplamining paydo boʻlishi va yoʻqolishi, daryolarning muzlashi va ochilishi va b.) bir xil muddatda boshlanadigan joylarni koʻrsatadi va hokazo. Izochiziklar oraligʻi boʻyoq yoki shtrixlar bilan aks ettiriladi. Ikdimning turli koʻrinishlarini taʼriflashda ham izochiziqlar ishla-tiladi: quyosh chiqib turgan davr, yogʻin, tuman, kuchli shamollar, momaqaldiroq, sovuq urishi va b. ham izochiziqlar bilan koʻrsatiladi. Shamollar shamol diagrammalari bilan, bunda kup esadigan shamollar yoʻnalishi baʼzan strel-kalar bilan, ularning qanchalik tez takrorlanishi esa shartli belgilar bilan koʻrsatiladi. I.x. koʻproqoylik va yillik, baʼzida mavsum (davr) uchun tuziladi. I.x.gaiqlimturlariningtaqsimlanishi (hududni iqlimiy rayonlashtirish haritasi) ham kiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil