Nou-xau
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nou-xau (ing. know how – qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri – hali hammaga maʼlum boʻlmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui va ularni amaliyotda qoʻllash tajribalari; ularga tanho ega boʻlish. U korxona uchun ham, shaxs uchun ham muayyan ustunlikni taʼminlaydi. N.-x. turli shakllarda: chiz-malar, sxemalar, yoʻriqnomalar, mah-sulotlar namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish, xodimlarni tayyorlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa boʻlishi mumkin. Odatda, N.-x.da patentlangan mahsulotga taalluqli maʼlumotlar emas, balki undan foydala-nishni tashkil etish yoki uni ishlab chiqarish va oʻzlashtirish xususiyatlariga doir maxsus axborot boʻladi. N.-x. maxfiyligi bilan ajralib turadi va tijorat siri oshkor etilmasligini talab etadi. N.-x. patentlanmaydi, shuninguchun ham N.-x. boʻyicha shartnomada berilayotgan maʼlumotlar sir saqlanishi va bu shart buzilgan taqdirda koʻriladigan zararni qoplash haqida alohida band boʻladi. Muayyan ishlab chiqarish jarayonidagi N.-x. u yoki bu firmaning mulki hisoblanadi va shu sababli oldi-sotdi qilinadi. Odatda, Nou-xau tovar sifatida patentlar va litsenziyalar bilan birgalikda sotiladi, lekin N.-x. mustaqil sotilishi ham mumkin. N.-x.ni litsenziya bilan birga sotib olish (narxi arzon boʻladi) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni, ishlab chiqarish sirlarini toʻla-roq qoʻlga kiritishni, ishlab chiqarish ni ishga tushirishda sotuvchi firma mutaxassislari ishtirokini osonlashtiradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |