Kontent qismiga oʻtish

Sobir Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iskandarov Sobirdan yoʻnaltirildi)

Sobir Iskandarov (1909-yil 11-mart — Toshkent — 1976-yil 2-iyul) — kino dublyaji rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Leningrad sahna sanʼati texnikumini tugatgan (1930). 1930-yildan „Oʻzbekfilm“da ishlagan. „Soʻnggi bek“ filmida aktyor, „Makrli changal“, „Tong oldidan“, „Oʻlim qudugʻi“, „Yigit“ filmlarida rejissyor yordamchisi, aktyor sifatida qatnashgan. 1936-yildan rejissyor chet el filmlarini oʻzbek tiliga dublyaj qilishda xizmatlari katta. „Ikki jangchi“, „Tinch oqar Don“, „Ona kalbi“, „26 Boku komissari“, „Joʻra sarkor“, „Sevgi va soqov“, „Sofiya Grushko“ va boshqalar u rejissyorlik qilgan filmlardan. Iskandarov, shuningdek, oʻzbek filmlarini qardosh xalqlar tillariga dublyaj qilishda ham qatnashgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil