Aminjon Ismoilov
Aminjon Ismoilov (1931-yil 6-dekabr, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), kimyo fanlari doktori (1987), professor (1989), Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi boʻlimida, Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi boʻlimida (1960—1973), Bioorganik kimyo boʻlimida laboratoriya mudiri (1973—1997), 1997-yildan shu institutda bosh ilmiy xodim. Asosiy ilmiy ishlari gʻoʻza va unga turdosh oʻsimliklarning fenol moddalari kimyosi, biologik roli, ularni tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida qoʻllashga oid. Ismoilov rahbarligida gʻoʻza oʻsimligida uchraydigan gossipol moddasi asosida „gossipol linimenti“, „megosin malhami“, „batriden tabletkasi“, „gozanidon tabletkasi“ kabi shifobaxsh dorilar olingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |