Italiya boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Italiya bo`risidan yoʻnaltirildi)

Italiya bo'risi (Canis lupus italicus yoki Canis lupus lupus), bundan tashqari Apennin bo'ri sifatida ham tanilgan. Italiya yarim orolida tug'ilgan. Kulrang bo'rining kichik turi sanaladi. U Alpenin tog'lari va G'arbiy Alp tog'larida yashaydi, garchi u shimol va sharqqa qarab kengaymoqda. 2022-yilga kelib, Italiyadagi bo'rilar soni 3307 tani tashkil qiladi. Garchi u alohida kichik tur sifatida tan olinmasa ham, u noyob myDNK haplotipiga va bosh suyagining aniq morfologiyasiga ega[1].

Himoyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyada 1970-yillardan boshlab, aholi soni 70-100 taga yetganidan buyon qattiq himoya olingan. Noqonuniy ov va ta'qib hanuzgacha xavf tug'dirsada, ularning soni ortib bormoqda. 1990-yillardan boshlab italyan boʻrining tarqalishi Fransiyaning janubi-sharqida va Shveytsariyada kengaydi[2].

Nasabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mosbach bo'ri Canis mosbachensisning Yevropadagi so'nggi namunasi 456-416 ming yil oldin, Canis lupus bo'ri paydo bo'lgan vaqtga to'g'ri kelar ekan. Yevropadagi eng qadimgi bo'ri qoldiqlari O'rta Pleystotsen davridagi La Polledrara di Cecanibbio, 20 km (12 mi) uzoqlikdan topilgan. Rimning shimoliy-g'arbiy qismida 406 ming yil oldin joylashgan konlarda bo'lgan Apennin boʻrilarining genetik tahlili shuni ko'rsatadiki ular so'nggi 4700 - 23800 yil ichida populyatsiyasi 100–1000 barobar qisqargan, bu koʻp ming yillar davomida Alp togʻlari janubida boshqa boʻri populyatsiyalaridan genetik izolyatsiya qilinganligini koʻrsatadi[3].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda zamonaviy va qadimiy bo'rilarning mDNK ketma-ketligini o'rganish natijasi shuni ko'rsatdiki, Yevropada ikkita genetik jihatdan eng farqli gaplotiplar Iberiya bo'rini va alohida italyan bo'rini tashkil qiladi. Ketma-ketliklar natijasida hosil bo'lgan filogenetik daraxt italyan bo'rining kech pleystotsenning qadimgi bo'rilariga yaqin joylashganligini ko'rsatdi. 2017-yilda tadqiqot italyan bo'riga tegishli ikkinchi mDNK haplotipini topadi va morfologik va genetik jihatdan ajralib turadigan italyan bo'rini kichik tur sifatida ko'rib chiqishga kerak bo'ladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]