Kontent qismiga oʻtish

Ityurak (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ityurak (film, 1988)dan yoʻnaltirildi)
Ityurak
ruscha: Собачье сердце
Rejissyor(lar) Vladimir Bortko
Ssenariynavis(lar) Natalya Bortko
Rollarda Yevgeniy Yevstigneyev
Boris Plotnikov
Vladimir Tolokonnikov
Nina Ruslanova
Bastakor(lar) Vladimir Dashkevich
Kinematografiya Yuriy Shaygardanov
Muharrir(lar) Leda Semyonova
Studiya(lar) Lenfilm
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 130 minut
Mamlakat Sovet Ittifoqi
Til Rus tilida

Ityurak (ruscha: Собачье сердце) — Mixail Bulgakovning „Ityurak“ asari asosida[1] 1988-yilda suratga olingan film.

Syujeti

1924-yilda Moskvada[2] oʻz zamonasining buyuk jarrohlaridan biri Filipp Filippovich Preobrajenskiy, odam gipofizini va urugʻlarini it tanasiga koʻchirish boʻyicha jarrohlik amaliyotini boshlaydi. Buning uchun donor sifatida koʻchada daydib yurgan „Sharik“ laqabli itni va bezori-piyonistaligi tufayli halok boʻlgan Klim Chugunkinni tanlab oladi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajariladi. Butun Moskva aholisi professorning itni odamga aylantirgani haqida gapirishadi... Odamga aylangan it tez orada odamdek koʻrinishni va gaplashishni boshlaydi, biroq unda marhum bezori Klim Chugunkinga xos yaramas odatlar paydo boʻladi. Lekin bu yomon xislatlari unga Sovet Ittifoqining fuqarolik jamiyatiga kirib borishiga, hattoki davlat idorasida muhim lavozimni egallashiga ham halaqit bermaydi. Oʻziga Sharikov Poligraf Poligrafovich ismini bergan sobiq it, professorning uyini gʻurbatxonaga aylantiradi. Oʻz navbatida professor jarrohlik amaliyoti oʻtkazib, Sharikovni yana itga aylantirib, avvalgi holiga qaytarib qoʻyadi.

Rollarda

Manbalar

  1. Sharikov preobrajenniy // Noviy bereg 2016, 53
  2. „Фильм «Собачье сердце», или как Москву снимали в Питере“. black-mile.livejournal.com (2010-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 22-yanvar.
  3. http://www.tvc.ru/channel/brand/id/76/show/episodes/episode_id/28814
  4. Алла Герц. „Собачье сердце, или Цена заблуждения“. Пятый канал (2008). Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.
  5. Валерия Авилова. „Владимир Толоконников: Роль Шарикова стала моим проклятием!“. «Комсомольская правда — Саранск» от 22-29 апреля 2007. 22-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.