Kontent qismiga oʻtish

Mixail Ixilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ixilov Mixail Matatovichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Ixilov
Tavalludi 7-noyabr 1917-yil
Kuba
Vafoti 1998-yil
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Sohasi
  • Tarixchi
  • etnograf
Mukofotlari

Ixilov Mixail Matotovich (7-noyabr 1917-yil, Kuba — 1998-yil) — sovet tarixchisi va etnografi.

Mixail Ixilov 1917-yil 7-noyabrda Kuba shahrida (hozirgi Ozarbayjon) togʻ yahudiylari oilasida tugʻilgan. U bolaligi va yoshligining koʻp qismini Dogʻistonning Derbent shahrida oʻtkazgan. Ixilov rus va ozarbayjon tillaridan tashqari lezgin tilini ham yaxshi bilgan.[1]

Pedagogika institutining tarix fakultetini oʻqib tamomlagandan soʻng, Sharqiy front (Ikkinchi jahon urushi) urushida qatnashgan. U, shuningdek, boltiqboʻyi va Leningrad frontidagi janglarda ham qatnashgan.[2] Bir necha marta u ogʻir jarohatlangan. Urushdan keyin Ixilov tarix va etnografiyani oʻrganishni boshladi. U SSSR Fanlar akademiyasining Dogʻiston filialidagi tarix, ona tili va adabiyot institutida ishlagan. SSSR Fanlar Akademiyasining Moskva etnografiya institutida aspiranturani tamomlagN. 1949-yilda u togʻ yahudiylari tarixi, madaniyati va hayoti boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning togʻ yahudiylari haqidagi maqolalari „Kavkaz xalqlari“ va „SSSR xalqlari“ umumittifoq toʻplamlariga kiritilgan.[1]

Ixilov Dogʻiston xalqlari etnografiyasini oʻrganish boʻyicha uzoq muddatli ekspeditsiyalarda qatnashgan va u shu vaqt davomida koʻplab maʼlumotlar toʻplagan. U, asosan, ozarbayjonning lezgin qishloqlari boʻylab sayohat qilib, kubalik lezginlar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. 1957-yilda uning „Kubalik lezginlar“ ilmiy maqolasi „SSSR Fanlar akademiyasi Dogʻiston boʻlimi Yadro fizikasi institutining ilmiy eslatmalari“ da nashr etilgan va bir muncha vaqt oʻtgach shu nomdagi kitob chop etilgan.[1]

U Kavkaz, Turkiya, Yaqin Sharq, Eron, qadimgi Arabiston tarixini yaxshi bilar edi. Ixilov qalamiga mansub asarlar, „Derbent tarixi“, „Togʻ yahudiylari tarixi“ va „Dogʻiston xalqlari“ etnografiyasiga bagʻishlangan.[1]

Uning „Lezgin xalqlari“ nomli monografiyasida, lezginlar, tabasaran, rutullar, tsaxurlar va agullarning qadimgi davrlardan to 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixiy-etnografik tavsifi bayon etilgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Керимова С. 2012.
  2. Данилова С., 2011.
  • Ихилов, М. М.. Народности лезгинской группы: этнографическое исследование прошлого и настоящего лезгин, табасаранцев, рутулов, цахуров, агулов, 1967 — 370-bet. 
  • Данилова, Светлана „Михаил Ихилов“ (deadlink). stmegi.com (1-dekabr). 2014-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
  • „Михаил Ихилов“. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.