Kontent qismiga oʻtish

Izgʻirin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Izg'irindan yoʻnaltirildi)

Izgʻirin — Yerga yondosh havo qatlamida esadigan sovuq shamol. Izgʻirin uchun qulay sharoit havo harorati —5° dan past, shamol tezligi 6–8 m/s dan yuqori boʻlganda hosil boʻladi. Yer yalab esadigan I., pastda esadigan I. va umumiy I. farq qilinadi. Yer yalab va pastda esadigan I.larda ilgari yoqqan qor shamol bilan turli tomon uchadi, umumiy I.da esa yerdagi qor hamda bulutlardan yogʻayotgan qor uchadi. I. vaqtida qor qoplami yuzasidan qor uchqunlari 1,5–2 m balandlikkacha koʻtariladi. I. qor qoplami yuzasi quruq boʻlganda esadi. Siklonning shim.-gʻarbi, gʻarbi va jan-.gʻarbida hamda antitsiklonning chetlarida kuzatiladi. I. vaqtida nariroqni koʻrish qiyinlashadi. I. baʼzan qor yogʻib turgan paytda yuz beradi. Bu vaqtda qor uchqunlari yerdan koʻtarilayotgani yoki yuqoridan tushayotganini aj-ratish qiyin. Atmosferaning iliq fronti yaqinlashganda shunday I. kuzatiladi.

Togʻlik hududlarda 1500 m balandlikdan boshlab har yili barqaror qor qoplami hosil boʻlib, bu yerda izgʻi-rin koʻproq kuzatiladi. Bu, birinchi navbatda, dovonlarda va shamolga ochiq qiyaliklarda sodir boʻladi. Masalan, Cypxondaryo viloyatining baland togʻlik qismida bunday kunlar soni yiliga 36 kungacha (oʻrtacha koʻp yillik — 11), Gʻarbiy Tyanshanda esa 30 kungacha (oʻrtacha koʻp yillik —19—20 marta) yetadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil