Jinoyat kodeksi
Jinoyat kodeksi (JK) - har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlab beradigan, uni sodir etganlik uchun jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydigan jinoyat qonunlari majmui. Unda jinoyat qonunining meʼyorlari muayyan tizimga solinib, JK shakliga keltirilgan.
Jinoyat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi JK 1994-yil 22-sentyabrda tasdiqlangan va 1995-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qismdan — umumiy qism va maxsus qismdan iborat, ular yagona jinoyat qonunini tashkil etadi. Umumiy qismda jinoyat qonunining umumy kqoidalari, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar, jazo va uni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari belgilab berilgan. Maxsus qismda jinoyatlarning turlari va ular uchun tegishli jazolarni tayinlaydigan meʼyorlar koʻrsatilgan. Umumiy qismda Maxsus qismdagi huquqiy meʼyorlarni amalda tadbiq qilish yoʻllari bayon etilgan.[1] 2021-yil Jinoyat kodeksining 244-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, unda „ommaviy tartibsizlikka daʼvat qilganlik uchun“ javobgarlik belgilandi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Жиноят кодексида «оммавий тартибсизликка даъват қилганлик» учун ҳам жавобгарлик белгиланади“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 февраль.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |