Kontent qismiga oʻtish

Jahon banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jahon Bankidan yoʻnaltirildi)
Jahon Banki (JB)
Tarmogʻi Bank, Moliya, Kredit
Ishga tushgan sanasi 1944-yil
Joylashuvi Vashington AQSH bayrogʻi AQSh
Asoschi(lar)i Lord Keynes, Harry Dexter White
Prezidenti Jim Yong Kim Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi AQSH bayrogʻi AQSh
Vebsayti worldbank.org

Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.[1]

1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil etilgan boʻlib, hozirda shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da oʻz aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir.

Jahon banki tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA).

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi.

Jahon banki dunyodagi kapital, qimmatbaho qogʻozlar bozorlarining asosiy mablagʻ oluvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank bir qator mamlakatlardan obligatsiya, zayom sotish orqali togʻridan-togʻri qarz oladi, yigʻilgan mablagʻlar qoloq mamlakatlarning taraqqiyoti yoʻlida ishlatiladi va ularga imkoniyati darajasidagi past foizlar hisobida beriladi.

Jahon banki kredit olish, uni qaytara olish darajasida boʻlgan mamlakatlar uchun mablagʻlarni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki tomonidan kredit berilmaydi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi mahsulot $1200 atrofida boʻlgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim. Ikkinchi tomondan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, yaʼni ulardagi yalpi milliy mahsulot jon boshiga 800 dan kam boʻlgan mamlakatlarga beradi (asosan XTA tomonodan berilayotgan kreditlarning 80 %ini hozirgi vaqtda aholi jon boshiga $ 700 dan kam boʻlgan mamlakatlar oladi). Bu kreditlar boʻyicha foizlar olinmasdan, koʻpgina hollarda ular 35-40 yillar oraligʻida toʻlash sharti bilan beriladi.

Jahon banki oʻz faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi.

Oxirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini oshirishni nazarda tutgan holda olib borilyapti.

Shuning uchun ham, Bank tomonidan texnik va moliyaviy jihatdan yordam berish va moliyalshtirish jarayonida BMT tomonidan belgilangan dastuga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi sifatida qatnashadi.

Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yoʻnalishlari milliy mamlakatlar, ularning mahalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Bank kredit ajratish jarayonida oʻz mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatlarning iqtisodini sinchkovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy eʼtibor berish yoki qoʻyilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday tahlitda ish yuritish ushbu malakatlarning asosiy muammolari yechimida qatnashib, uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi.

Jahon banki Prezidentlari[2]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
AQSh

Jahon Banki Prezidentlari deyarli hammasi AQSH bayrogʻi AQSh fuqoroligiga ega boʻlib, faqatgina 1995-2005 yillarda Jeyms Vulfensen Avstraliya bayrogʻi Avstraliya va hozirgi Prezidentlar ikki davlat fuqoroligiga ega.

Prezident Faoliyat yuritgan muddati
Mayer Yudjin (Eugene Meyer) 18 iyun 1946 — 17 mart 1947
Makloy Jon (John Jay McCloy) 17 mart 1947 — 1 iyul 1949
Yudjin Blek (Eugene Robert Black) 1 iyul 1949 — 1 yanvar 1963
Jorj Vuds(George D. Woods) 1 yanvar 1963 — 1 aprel 1968
Robert Streyndj (Robert S. McNamara) 1 aprel 1968 — 1 Iyul 1981
Elden Klozen (Alden W. Clausen) 1 Iyul 1981 — 1 Iyul 1986
Kenbel Barber (Barber B. Conable) 1 Iyul 1986 — 1 sentyabr 1991
Preston Lyuis (Lewis T. Preston) 1 sentyabr 1991 — 4 may 1995
Richard Frenk (Richard Frank), v.b. 4 may 1995 — 1 iyun 1995
Jeyms Vulfensen (James David Wolfensohn) 1 iyun 1995 — 1 iyun 2005
Pol Vulfinz] (Paul Wolfowitz) 1 iyun 2005 — 1 iyul 2007
Robert zellik (Robert Zoellick) 1 iyul 2007 — 1 iyul 2012
Jim Yong Kim (Jim Yong Kim) 1 iyul 2012-2-may 2023
Ajay Banga(Ajay Banga) 3-may 2023 - yil -hozirgi kunda
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. World Bank. Presidents