Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Jalolov (rassom)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jalolov Bahodir Fazliddinovichdan yoʻnaltirildi)
Bahodir Jalolov
Tavalludi 27-may 1948-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Jalolov Bahodir Fazliddinovich (1948-yil 27-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va oʻzbek rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1992), SSSR Davlat mukofoti laureati (1984), Oʻzbekiston (1997) va Qirgʻiziston (1998) Badiiy akademiyasi akademigi.

Bahodir Jalolov 1948-yil 27-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Rassomning bolaligi Fargʻona vodiysida oʻtgan. Otasi margʻilonlik boʻlgan va oʻgʻliga yoshligidan rasm chizishni oʻrgatgan[1].

Bahodir Fazliddinovich 1968-yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tamomlagan. Uning ustozlari Abdulhaq Abdullayev, Chingiz Axmarov, Nikolay Shin va Ro‘zi Choriyevlar B.Jalolov ijodiga katta taʻsir koʻrsatgan[2][3].

Oʻsha yili Bahodir Jalolov Ilya Repin nomidagi Sankt-Peterburg rassomchilik akademiyasi oʻqishga kirgan.

Talabalik yillarida u boʻlajak rafiqasi Galina bilan uchrashgan. Ular bitta institutning turli fakultetlarda tahsil olganlar[4].

Jalolov 1973-yilda SSSRga taklif qilingan usta Mark Chagall va talabalar oʻrtasidagi uchrashuvda qatnashgan va bu uchrashuv yosh ijodkorda katta taassurot qoldirgan[5].

1974-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlagan.

Bahodir Jalolovning dastlabki ijodlaridan biri Toshkentdagi „Zarafshon“ restorani interyeri uchun chizgan „Navroʻz“ kartinasidir. Bu kartina uning diplom ishi boʻlgan.

1974–1980-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1997-yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida mahobatli rangtasvir ustaxonasi rahbari va proffessori boʻlgan (2000)[6]. Oʻzbekiston rassomlari uyushmasi boshqaruvi raisi boʻlgan (1987–1992). Bahodir ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Portretlarida kishilarning kasbi haqida tasavvur beruvchi holatlar aks ettirilgan boʻlib, ijodiy mehnat jarayoni, chuqur psixologik holati mahorat bilan koʻrsatilgan („Meʼmor“, 1972; „Masharaboz Akrom Yusupov“, 1974; „Avtoportret“, 1975; „Kulol ayol. Xalq ustasi Hamro Rahimova“, 1975; „Soniya va mangulik. Oʻrol Tansiqboyev xotirasiga“, 1977; „Porloq erta. Rassom Sh. Abdurashidov xotirasi“, 1980; „Tiklash. Xalq ustasi Muhiddin Rahimov“, 1980). 70-yillarning oxiri 80-yillarning boshlaridan mahobatli rassomlik sohasida samarali ijod qilgan. Qarshi musiqali drama teatri binosiga, „Chimyon“ sanatoriysi oshxonasi foyesiga (1981), Toshkentdagi Kinochilar uyiga (1982) ishlagan devoriy rasmlari betinim izlanayotgan va oʻziga xos uslub yaratgan rassom sifatida tanitdi. Bahodir Fazliddinovich „Bahor“ konsert zali foyesiga ishlangan „Raqsning tugʻilishi“ (1982), Qashqadaryo viloyati Tallimarjon nasos stansiyasi klubi devoriga (1983), Qoʻqon teatri foyelariga (1987), Tojikistonning Xoʻjand shahridagi maktab binosiga (1988), Belgiyaning Kortreyk shahridagi „Kortreyk 200“ (1990), Toshkentdagi Turkiston saroyiga („Umar Xayyom tushlari“, 1993) va boshqa ishlangan devoriy rasmlar, manzaralar („Isfarada bahor“, „Togʻ qishlogʻi. Soʻqmoq“, „Eski Gurzuf koʻchasi“ va b.), kitoblarga yaratilgan illyustratsiyalar (Navoiy, T. Tula, U. Nosir va b. asarlari), dastgoh kartinalari („Afgʻoniston – 83“, „Afgʻoniston tongi“ va b.) muallifidir.

Jalolov Komil Yarmatov portreti uchun SSSR Badiiy akademiyasining kumush medaliga[7], 1974-yil SSSR Rassomlar uyushmasiga, 1984-yil Tolimarjon nasos stansiyasi klubida „Hosil“ va Toshkentdagi „Bahor“ konsert zalida „Raqsning tugʻilishi“ monumental kartinalari uchun Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi SSSR davlat mukofotiga[8], 1991-yil Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan[9].

Rassom 1997-yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi[10], 1998-yilda Qirgʻiziston Milliy Badiiy Akademiyasi aʼzosi hamda Rossiya Badiiy akademiyasining aʼzosi boʻlgan.

2017-yil I. A. Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning portretini yaratish boʻyicha oʻtkazilgan ijodiy tanlov gʻolibi boʻlgan.

2018-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan[11][12].

  1. Арипова, Юлдуз „Баходир Джалал: «Мое творчество — это отражение моего восторга и вдохновения»“. Голос Узбекистана (2018-yil 14-dekabr). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  2. Шагаев, Рустам „Юбилей Бахадыра Джалалова“. Письма о Ташкенте (2013-yil 28-may). 2013-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  3. „В Узбекистана проходит персональная выставка известного живописца Бахадира Джалалова“. Культура.Уз (2018-yil 23-noyabr). 2018-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  4. „Баходир Джалал: Утерянные фрески, обретенные ценности“ (2018-yil 16-avgust). 2019-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  5. красавицу_видеть_хотите „Я один из Вас..... Художник Баходир Джалал (Djalal Bahodir). Обсуждение на LiveInternet - Российский Сервис Онлайн-Дневников“ (ru). www.liveinternet.ru. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  6. Санаева, Тамара „Песнь откровения Баходира Джалала“. Культура.уз (2014-yil 20-fevral). 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  7. „Баходир Джалалов: Однажды в мастерской…“. Библиотека Хуршида Даврона (2016-yil 5-may). 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  8. Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 11 sentyabr 1991 года «О присвоении почетного звания «Народный художник Республики Узбекистан» тов. Джалалову Б. Ф.
  9. Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 25 sentyabr 1991 года № УП-264 «О присуждении государственных премий имени Алишера Навои Республики Узбекистан в области литературы, искусства и архитектуры
  10. Суханович, Алла „«Человек мира» приглашает…“. Народное слово (2018-yil 13-noyabr). 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  11. „О награждении в связи с двадцать седьмой годовщиной государственной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства и других социальных сфер“. УзА (2018-yil 28-avgust). 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  12. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 29 avgusta 2018 goda „O nagrajdenii v svyazi s dvadsat sedmoy godovщinoy gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, literaturi, kulturi, iskusstva, duxovnosti i prosvetitelstva i drugix sotsialnix sfer (Wayback Machine saytida 2023-07-27 sanasida arxivlangan)“