Kontent qismiga oʻtish

Sultoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jausdan yoʻnaltirildi)

Sultoniy, Jaus, Oqpar, Shakarak — oʻrta kechpishar mahalliy xoʻraki, mayizbop va vinobop uzum navi. Oʻrta Osiyoda chiqarilgan. Oʻzbekiston (Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida koʻproq), Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻistonda ekiladi. Tupi oʻrtacha kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, 5 boʻlmali, beti bir oz burishgan, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, vazni 400—500, baʼzan 800—1100 g. Konussimon, tigʻiz joylashgan. Gʻujumi yirik, 5—6 g keladi, yumaloqchoʻziq, och sariq, pishganda qahrabo, oftobga qaragan tomoni toʻq sariq. Poʻsti qalin, qoʻngʻir nuktalar bilan qoplangan. Eti sershira, yeganda karsillaydi. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3360° boʻlganda, sentyabr boshlarida 148— 154 kunda pishadi. Tarkibida 2324% qand, 3—3,5% kislota bor. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 200240 s/ga. Sovuqqa chidamsiz, oidium bilan kasallanadi. Uzun novda qoldirib kesiladi. Qurgʻoqchilikka chidamli. Uzumi yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi, yuqori sifatli desert vinolari tayyorlanadi.[1]

  1. "Sultoniy" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil