Kontent qismiga oʻtish

Jigʻildon qaynashi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jig'ildon qaynashidan yoʻnaltirildi)

Jigʻildon qaynashi, meʼda qaynashi, zarda qaynashi — toʻsh ostida va qiziloʻngach boʻylab achishish sezgisi paydo boʻlishi, meʼda suyuqligʻi aralashgan ovqat qiziloʻngachga chiqib, uning shilliq pardasiga taʼsir etishi J. q.ga sabab boʻladi. Odatda, meʼda shirasida kislota koʻpayganda roʻy beradi. Qiziloʻngach va meʼda shilliq pardasining sezuvchanligi oshganda, meʼda shirasidagi kislota miqdori oʻzgarganda, dagʻal ovqat yeyilganda, meʼdadan shira chiqishini kuchaytiradigan moddalar isteʼmol qilinganda ham jigʻildon qaynaydi. Gastrit, meʼdaichak yarasi, xoletsistit, asabiy holatlar va b. kasalliklarda kuzatiladi.

J. q.da, albatta, vrach buyurgancha davolanish kerak, chunki turli dorilarni qadeb palapartish ichaverish meʼda va qiziloʻngach shilliq pardasiga yomon taʼsir etishi mumkin. Jigʻildon qaynaganda sabzi yeyish yoki uning suvini ichish va gazi chiqarilgan Toshkent mineral suvini ichish yaxshi naf beradi. Asosiysi J. q.ga sabab boʻlgan kasallikni davolash lozim[1]. Jig'ildon qaynaganda quyidagi mahsulotlardan voz kechgan ma’qul:

   Qovurilgan, sho’r, achchiq va yog’li taomlar;
   apelsin, limon va laym. Ular tarkibida kislota mavjud bo’lib, bu oshqozonning kislotalilik darajasini sezilarli darajada oshiradi;
   Pishiriqlar va qandolat mahsulotlari;
   Shokolad;
   Tomat pastasi;
   Achchiq qahva va choy;
   Spirtli ichimliklar;
   Gazlangan ichimliklar.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

https://mymedic.uz/kasalliklar/gastroenterologiya/jigildon-qaynashi/