Kontent qismiga oʻtish

Jigʻildon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jig`ildondan yoʻnaltirildi)

Jigʻildon — bir qancha umurtqasiz hayvonlar (koʻpchilik mollyuskalar, chuvalchanglar, hasharotlar) va qushlarda qiziloʻngachning kengaygan qismida bo'ladi.Lekin jig'ildon odamlarda bo'lmaydi. J. oziqni toʻplash va saqlash, baʼzan uni qisman qimyoviy qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Hasharotlar J.ida nektar asalga aylanadi. Qushlarda J. oʻmrov suyagi oldida joylashgan, unda yirik bezlar boʻladi. J. muskullarining peristaltik qisqarishi tufayli undagi oziq meʼdaga tushadi yoki bolasini oziqlantirish uchun ogʻziga qaytariladi, hazm boʻlmagan oziq qoldigʻi chiqarib tashlanadi. Kaptarlarda tuxum bosishning 8-kunidan boshlab J. epiteliysi va J. bezlari oʻzgarib, oqish suyuqlik (J. suti) ishlab chiqara boshlaydi. Bu suyuqlik bilan kaptarlar oʻz joʻjalarini boqadi. Choʻl qushlari (oqbovur, qorabovur) J.ida joʻjalari uchun suv olib keladi. J. oziqni qiyinchilik bilan, lekin birdaniga koʻp topadigan yirtqich yoki nisbatan sekin hazm boʻladigan qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxoʻr qushlarda ham rivojlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil