Kontent qismiga oʻtish

Jilvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jil bondan yoʻnaltirildi)

Jilvon, Jil bon — Buxoro vohasining shim. chekkasidagi choʻl landshaftli hudud. Qizilqum chegarasida, Shofirkon va qisman Gʻijduvon tumanlari hududida joylashgan. Uning bir qismi oʻrta asrlardayoq oʻzlashtirila boshlangan. Ayrim koʻchmanchi guruxlar, qaroqchilar hujumidan, voha aholisi va karvonlarni himoya qilish uchun xonlik tomonidan u yerda jilbon (chegara posboni) mansabi joriy qilingan. Jilbonlar Buxoro va Vardonze sh.lariga kelib ketayotgan karvonlarni ham nazorat qilishgan. Keyinroq jilbon atamasi joy nomiga aylangan. Shayboniylar davrida J. rudi (arigʻi) qazilgan. 1640, 1880 va 1920-y.larda sodir boʻlgan kuchli qum koʻchishlari oqibatida J. etagidagi qishloqlar qum ostida qolgan. Axolining bir qismi boshqa joylarga koʻchib oʻtgan. Bu S. Ayniyning asarlarida ham qayd qilingan. 1926-yilda Shofirkon tumani tashkil qilingach, J. choʻlini oʻzlashtirish va obod qilish ishlariga buxorolik Hamro Polvon boshchilik qildi. 1927—28-yillarda Gʻijduvon va Shofirkon tumanlarini kesib oʻtuvchi 35 km uzunlikdagi yangi Jilvon arigʻi qazildi. 2000-yilda uning uz. 50 km ga yetdi. J.ni oʻzlashtirish asosan tugallandi; choʻl oʻrnida yangi qishloqlar barpo qilindi. Hoz. kunda oʻsha joydagi qishloqlardan beshtasi "J" nomi bilan maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil